So’nggi yangiliklar

18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 18:14Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  4 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1

Iyun-iyul laureatlari. Mirjalol Qosimov - "Eng yaxshi murabbiy", Javohir Sidiqov - "Eng yaxshi futbolchi" Yangiliklar

Iyun-iyul laureatlari. Mirjalol Qosimov - "Eng yaxshi murabbiy", Javohir Sidiqov - "Eng yaxshi futbolchi"

Malumki, saytimiz tomonidan har oyning eng yaxshi futbolchi va murabbiysi aniqlab kelinmoqda.

Biz istisno tariqasida iyun va iyul oylarining eng yaxshilarini bitta qilib berishga qaror qildik. Bunga sabab iyun oyida oliy ligada faqat uchta tur o'tkazildi, iyulda esa chempionatning qoldirilgan o'yinlarini hisobga olmasak, asosan Kubok bahslari bo'lib o'tdi. 

O'tgan ikki oyda bir nechta murabbiylar o'zlarini ko'rsata olishdi. Xususan, "Lokomotiv"dan Mirko Yelichich, "Buxoro" ustozi Ulug'bek Baqoev, "Metallurg" murabbiylar shtabi, ammo biz barcha natijalarni tahlil qilgan holda "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovni "Eng yaxshi murabbiy" deb topdik. 

May oyida klubga qaytgan Qosimov avvaliga ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozona olmadi. "Bunyodkor" dastlab G'uzorda "SHo'rtan"ga mag'lub bo'ldi, keyinchalik o'z maydonida "Paxtakor" va safarda "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.


Lekin iyun-iyul oylariga kelib jamoaning g'alabali o'yinlari boshlandi. Avvaliga "Qo'qon-1912" 2:1 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, keyinchalik "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari ustidan zafar quchildi. "Bunyodkor" shuningdek, O'zbekiston Kubogining chorak final bahslarida "Neftchi"ni har ikkala uchrashuvda ham mag'lub etdi. Mana shu natijalardan kelib chiqqan holda Mirjalol Qosimovni "Eng yaxshi murabbiy" deb topishga qaror qildik, chunki "Bunyodkor" aynan Qosimovning jamoaga qaytishi tufayli yana avvalgi mavqeiga qayta boshladi. 

Futbolchilar o'rtasidagi raqobat keskin kechdi deya olmaymiz. Masalan, Doston Hamdamov hamma o'yinlarda ham o'zini ko'rsata olmadi. "Bunyodkor"da ko'proq Javlon Ibrohimov bir tekis o'yin namoyish eta oldi. "Lokomotiv"da esa Ikrom Aliboev ajralib turdi. Lekin biz "Eng yaxshi futbolchi" sifatida Javohir Sidiqovga to'xtaldik. "Qo'qon-1912" pleymeykeri o'tgan ikki oy ichida o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Aslida Sidiqov mavsum boshidan beri yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. 

Javohir Sidiqov iyun oyida "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Olmaliq" kabi klublarga qarshi maydonga tushib, maydonda boshqalardan ajralib turdi. Qolaversa, iyulda o'tkazilgan U-22 Osiyo chempionati saralash o'yinlarida terma jamoamiz etakchisiga aylandi. Uning BAA darvozasiga kiritgan goli bemalol mavsumning eng chiroyli gollaridan biriga davogarlik qila oladi. O'ylamizki, Sidiqov ikkinchi davrada ham muxlislar ishonchini oqlashda davom etadi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика