So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Ixtiyor Toshpo'latov: “Yangi mavsumda asosiy tarkibdan joy olishga intilaman” Yangiliklar

Ixtiyor Toshpo'latov: “Yangi mavsumda asosiy tarkibdan joy olishga intilaman”

O'tgan mavsumning ikkinchi qismini “Turon”da o'tkazgan yarim himoyachi Ixtiyor Toshpo'latov 2022 yilgi mavsumni yana bekobodliklar safida boshlashi malum bo'ldi.

Buni futbolchi bilan o'zaro suhbat davomida ham bilib oldik. 

Yangi mavsumni qaysi jamoada o'tkazishi haqida

- Xudo xohlasa, yangi mavsumni “Metallurg”da boshlayman. “Turon”da ijara asosida o'ynab qaytdim va nasib qilsa, yangi mavsumda bekobodliklar safida asosiy tarkibda o'ynamoqchiman. Raqobat yuqori ekanini bilaman. SHu bois mashg'ulotlarda ko'proq mehnat qilib, asosiy tarkibga munosib ekanimni isbotlamoqchiman. 

“Turon”dagi faoliyati borasida

- “Turon”dagi faoliyatimdan qoniqish hosil qilganim yo'q. Negaki, biz Superligada qolish vazifasini uddalay olmadik. Agar vazifani bajarganimizda, balki birmuncha qoniqish hosil qilgan bo'lardim. Yaxshi o'ynagan bo'lsak-da, omadsizliklar tufayli kerakli natijalarga erisha olganimiz yo'q. Bir nechta klublardan takliflar bo'ldi, biroq men “Metallurg”da qolaman. CHunki jamoa bilan amalda shartnomam bor. 

“Metallurg”ning yangi bosh murabbiyi to'g'risida

- Jamoamiz yangi bosh murabbiyi bilan hali yuzma-yuz bo'lib gaplasha olganim yo'q. Lekin bu murabbiyning o'tgan mavsumning oxiridagi ish faoliyatini chetdan turib kuzatdim. Ishonamanki, xorijlik murabbiy jamoaga foyda keltira oladi. 

Faoliyati borasida

- Yangi mavsumdan umidim katta. Oxirgi mavsumlardagi faoliyatimdan biroz qoniqmadim. Buning o'zga yaarasha sabablari bor, ammo hoo'ir bularni oshkor qilishdan foyda yo'q.

Legioner bo'lishi xususida

- Albatta, kelajakda legioner sifatida to'p tepish imkoniyatim bo'lishiga ishonaman. Bu kun kelishini kutaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика