So’nggi yangiliklar

22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  4 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  1 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  0 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  62 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   2 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  2 19:30Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатида Марказий Осиёдан 2 та терма жамоа иштирок этади  26 18:57Футзал. Таиланд чорак финалда Ироқни таслим қилди. Ярим финалдаги рақиб - Тожикистон  4 18:33Мбаппе ПСЖдан кетиши оқибатида 130 млн евродан воз кечиши мумкин  3 17:35"Спартак" собиқ устози "Милан"ни бош мураббийлигига асосий номзод   1 17:10«Сити»нинг икки асосий футболчиси «Брайтон»га қарши майдонга тушмаслиги мумкин  3 16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  4 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  21 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  2 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  6

Ixtiyor Ropiev: "O'z yo'limni futzalda topdim" Yangiliklar

Ixtiyor Ropiev: "O'z yo'limni futzalda topdim"

Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida to'rtinchi marta qatnashgan AGMK yakunda to'rtinchi o'rin bilan qaytdi.

AGMK bemalol uchinchi o'rinni qo'lga kiritishi mumkin edi, biroq Vetnamning “Tay Son Nam” klubi bilan kechgan bahsda omad yuz o'girdi. Lekin bu musobaqada olmaliqlik ftuzalchilar yaxshi harakat qilishdi. 

Ayniqsa 4-raqamda o'ynagan Ixtiyor Ropiev o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Ixtiyor musobaqada jami 5ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ehtimol u 3-o'rin uchun kechgan bahsda avtogol muallifi bo'lmaganida AGMK bronza medallarga ega chiqishi mumkin edi. Jizzaxlik futzalchi bilan uchrashib turli mavzular haqida suhbat qurdik. 


- Dastlab o'zingiz haqingizda malumot bersangiz? 

- Men, Ixtiyor Ropiev, 1993 yil Jizzax shahrida tug'ilganman.

 

- Futzalga qiziqish qachondan boshlangan? 

- Futzalga ancha kech, 2017 yil kirib kelganman. Dastlab CHirchiqning “Maksam-CHirchiq” jamoasida Bahodir Ahmedov qo'l ostida shug'ullandim. Ungacha katta futbol o'ynaganman. “So'g'diyona” o'rinbosarlari tarkibida harakat qilardim, lekin asosiy jamoaga o'tish nasib qilmagan ekan. SHundan so'ng o'zimni futzalda sinab ko'rishga qaror qildim. SHuningdek, ikkinchi ligadagi “G'allaorol”da ham to'p tepganman. 


- Bizda ko'pchilik avval o'zini katta futbolda sinab ko'radi va o'xshamasa futzalga o'tib ketadi. To'g'ridan-to'g'ri futzalga kirib kelish mumkinmi? 

- Yoshlikdan qiziqish bo'lsa futbolga bormasdan ham futzalchi bo'lsa bo'ladi. Faqat futzalning o'ziga yarasha qonun-qoidalari bor.

 

- Siz katta futbolda o'ynab keta olmay majburan futzalga o'tganmisiz yoki qiziqish bormidi? 

- Men yoshligimdan to'p tepishga qiziqqanman. Futzalmi, futbolmi farqi yo'q edi. Faqat boshida o'zimni futbolda sinab ko'rdim. 7 yoshimdan beri futbol o'ynayman. Eng birinchi Jizzaxning “Dinamo” jamoasiga qatnaganman. Ozmi-ko'pmi futbol o'ynadim, shundan so'ng murabbiyim Musurmon aka Qahramonov maslahati bilan futzalga bordim. SHu-shu futzalchi bo'ldim. Hozir futzalga qiziqish futbolga nisbatan ancha baland deya olaman. 


- Keyinchalik yana futbolga qaytishingiz mumkinmi? 

- Menda bunday reja yo'q. O'ylaymanki, o'z yo'limni futzalda topdim va keyinchalik ham futzalchi sifatida nom chiqarishni xohlayman. 


- AGMK futzal klubiga o'tishingiz qanday ro'y berdi? 

- O'tgan yil Bekobodning “Metallurg” klubida o'ynadim. Balki to'purar bo'lganim uchunmi yoki o'yin uslubim maqul keldimi, AGMKdan taklif tushdi va shundan so'ng Olmaliq shahri jamoasiga o'tdim. 


- “Metallurg” tarkibidagi gollarni hisoblab borganmisiz? 

- Ha, albatta. O'tgan yil O'zbekiston futzal chempionati uy-mehmon tarzida o'tkazilgandi. Men hammasi bo'lib 54ta gol urganman. Adashmasam, to'purarlar poygasida AGMKdagi Jamoliddin SHaripov va “Paxtakor”dagi Feruz Faxriddinovdan keyin uchinchi bo'ldim. 


- AGMK futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etib qaytdi. Bu musobaqa sizda qanday taassurot qoldirdi? 

- Bunday nufuzli musobaqada birinchi marta ishtirok etdim va menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Bir nechta muhim o'yinlarda harakat qildik va ularning har biri o'ziga xos darajada kechdi. 


- Qaysi uchrashuv ko'proq yodingizda qoldi? 

- Iroqning “Naft Al Vasat” klubi bilan kechgan bahsni aytgan bo'lardim. CHunki bu jamoani mag'lub etish bizga qulay imkoniyat taqdim etdi va keyingi bosqichga chiqishimizga zamin yaratdi. 


- “Naft Al Vasat” darvozasiga uchta, umuman musobaqada 5ta gol urdingiz. Bu ko'rsatkichdan qoniqdingizmi? 

- To'g'risi, birinchi bor qatnashganim bois nechta gol urish men uchun muhim emasdi. Men uchun birinchi navbatda jamoamiz yutug'i hisoblanadi va bunga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. 


- AGMK birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan keyin qatorasiga uchta bellashuvda g'alaba qozondi. Bu qanday ro'y berdi? 

- Birinchi uchrashuv og'ir kechishini bilardik va shunday  bo'ldi ham. Bosh murabbiyimiz Aleksandr Petrov shunday dedi: “Mag'lubiyatdan ko'p ham siqilmanglar, hali hammasi oldinda, keyingi ikkita o'yinni yutsak guruhdan chiqamiz”. Murabbiyimiz aytgan bu gaplari bizga dalda berdi va oxirigacha kurashdik. 


- Yakunda to'rtinchi o'rin qo'lga kiritildi. Natija qoniqarli bo'ldimi? 

- Uchinchi o'rin bilan qaytsak yaxshi bo'lardi. Lekin avvalgi uchta ishtirokda AGMK bu yilgidek yaxshi natija ko'rsatmagandi. SHu bois to'rtinchi o'rinni ham ijobiy desa bo'ladi. 


- Eng qiyin bahs qaysi jamoaga qarshi kechdi? 

- Musobaqa yarim finalida “Mes Sungun” (Eron) bilan o'ynab, 3:7 hisobida imkoniyatni boy berdik. Menimcha, mana shu o'yin har tomonlama qiyin o'tdi. 


- Yaponiyaning “Nagoya Oshins” klubi chempionlikni qo'lga kiritdi. Bu siz uchun kutilmagan hol bo'ldimi? 

- To'g'risini aytsam, men oltin medallarni yaponlar olsa kerak deb o'ylagandim. CHunki hal qiluvchi bahsni “Nagoya Oshins” “Mes Sungun”ga nisbatan ancha dadil o'tkazdi. Negadir Eron jamoasining finalda omadi kelmadi, vaholanki ular ham juda kuchli klub. 


- “Mes Sungun”ning kuchli tomonlari nimada ekan? 

- Raqibning kuchini ko'proq murabbiylar baholagani maqul. Biz esa parketga tushgach murabbiy aytganini bajarishga harakat qilamiz. Eronliklar kuchli, lekin ular bilan o'ynasa bo'ladi, balki tez orada ularni mag'lub etarmiz. 


- Musobaqada ko'rsatgan o'yiningizni qanday baholaysiz? 

- O'yinimdan qoniqdim, faqat uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda o'z darvozamizga to'p kiritib qo'yganim juda alamdi bo'ldi. 


- Vetnamning “Tay Son Nam” klubi bilan kechgan har ikki uchrashuvdagi mag'lubiyatni qanday izohlaysiz? 

- Birinchi o'yin mayli, guruh bosqichi edi, ammo uchinchi o'rin uchun bahsda ularni yutishimiz shart edi. Birinchi taymda hisobni 3:1 ko'rinishga olib kelib tanaffusga yo'l oldik. Lekin ikkinchi taymda xatolar yuzaga keldi va shu tufayli 4:6 hisobida yutqazib qo'ydik. Ularda asosiy ishni eronlik va yaponiyalik legioner bajararkan. Agar legionerlari bo'lmaganida biz yutib ketarmidik. 


- Mana shu o'yindagi avtogol raqib uchun muhim rol o'ynadi deb hisoblaysizmi? 

- Nima bo'lganda ham o'sha vaziyatda avtogol bo'lmasligi kerak edi. CHunki bu o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi. Haligacha o'zimni aybdordek his qilaman. Birinchi to'rttalik almashganidan keyin men parketda qoldim, o'shanda toliqib qoldim shekilli to'pni uzoqqa tepib yuboraman deb kutilmaganda o'z darvozamizga kiritib qo'ydim. 


- Keling, endi biroz O'zbekistonda futzal darajasi haqida suhbatlashsak. 

- Bizda ham futzal saviyasi yomon emas, faqat yana ozgina etibor berilsa yaxshi bo'lardi. Lekin chempionat saviyasi chakki emas. AGMK, “Paxtakor”, “Lokomotiv” kabi jamoalar yaxshi o'yin ko'rsatyapti. “So'g'diyona”da Nodir Eliboev yoshlarni tarbiyalab beryapti. 


- O'zimizda va chetda qaysi futzalchilarga havas qilasiz? 

- Dilshod Rahmatov, Davron CHoriev, Farhod Abdumavlonov kabi futzalchilar o'yinlarini kuzatish yoqadi. CHetdan esa eronlik Husseyn Toyibi va yaponiyalik Kazuya SHimizuning harakatlari doim iliq taassurot qoldirgan. Mening kumirim Bahodir Ahmedov bo'lganlar. Bahodir aka osiyolik futzalchilar reytingida 6-o'ringa chiqqandilar. Juda chiroyli o'yinlar ko'rsatgan. 


- Kelajakda nimani niyat qilasiz? 

- Men ham legioner bo'lib chetda o'zimni sinab ko'rsam deyman. Kuchliroq chempionatga borishni xohlayman. O'z o'yinim bilan milliy terma jamoaga yordam berishni istayman. 


X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика