So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  3 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  6 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

Ixtiyor Ropiev: “Kayfiyat alo. Tayyorgarlik maromida ketmoqda” Yangiliklar

Ixtiyor Ropiev: “Kayfiyat alo. Tayyorgarlik maromida ketmoqda”

Xabaringiz bor, ayni vaqtda futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ozarbayjonda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan jamoamiz, o'tgan haftada shu mamlakat bosh jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Biz esa o'z navbatida ichki muhit, fevral oyida bo'lib o'tadigan qita musobaqasiga hozirlik jarayoni hususida yaqinroq malumot olish maqsadida futzalchi Ixtiyor Ropievni suhbatga chorladik.

- Bilamizki, terma jamoada avlodlar almashinuvi jarayoni kechmoqda. Bu qaysidir manoda ichiki muhitni o'zgarishiga tasir qiladimi? SHuning barobarida mashg'ulotlar va yig'in haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Terma jamoada ichki muhit alo darajada. Bu borada muammo yo'q. Tayyorgarlik maromida ketmoqda. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkzyapmiz. Asosiy etibor jismoniy holatimizni yaxshilash va tiklashga qaratilgan. Osiyo chempionatiga qadar maksimal holatda bo'lishimizga ishonchim komil.

- Ozarbayjon Evropada o'z o'rniga ega bo'lgan, kuchli va saviyali o'yinchilarga ega terma jamoa hisoblanadi. Ko'rdikki, bizning terma jamoamiz ular bilan tengma-teng kurash olib bordi. Bunday o'rtoqlik uchrashuvlari jamoamizdagi yosh futzalchilar uchun foyda keltirishi aniq...

- 23 va 24 yanvar kunlari mazkur yig'in doirasidan o'rin olgan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Murabbiylar shtabi namoyish qilgan o'yinimizdan qoniqish hosil qilishdi. Birinchi bahsda kichik hisobda g'alaba qozondik. Javob uchrashuvida esa yaxshi o'ynab mag'lub bo'ldik. Bizga ikki kunlik tatil berishdi. Hozirda yana yig'inga kirishganmiz.

- Osiyo chempionati orqali jahon chempionatiga yo'llanma olish mumkin. Bu esa siz kabi futbolchilar uchun tarixiy natija sanaladi. SHu sababli yosh futzalchilarda motivaciya yuqori bo'lishi tabiiy...

- Tushunib turibmiz. Raqiblarimiz jiddiy. Agarda, hozirgidek o'ynashda davom etsak, biz har qanday jamoani mag'lubiyatga uchrata olamiz. Maqsadimiz guruh bosqichida yuz foizlik natijani qayd etish. CHorak finalda g'alaba qozonib mundialga yo'l olishni istaymiz. Astoydil harakat qilib niyatimizni amalga oshirishga intilamiz.

- Sir emaski, futzalda mayda va kichik xatolar ham muvaffaqiyatsizlik uchun etarli bo'ladi. Bu borada mashg'ulotlarda ishlanyaptimi?

- Murabbiylar Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev yordamida mavjud muammolarni hal qilmoqdamiz. Xudo xohlasa mayda xatolar bo'lmaydi degan umiddaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика