So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  10 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Ixtiyor Ropiev: “Argentina va Eron borasida malumotlarimiz bor” Yangiliklar

Ixtiyor Ropiev: “Argentina va Eron borasida malumotlarimiz bor”

O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha jahon chempionati guruh bosqichida Misrni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng terma jamoamizning etakchilaridan biri Ixtiyor Ropiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalgi ikki uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng oxirgi o'yinda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Misr bilan qiyin o'yin bo'ldi. Bizda ham, ularda ham imkoniyat yuzaga keldi. Faqatgina, g'alaba orqali keyingi bosqichga chiqish mumkinligini tufayli oxirigacha kurashdik. Vatanimiz va xalqimiz uchun ham bizda orqaga yo'l yo'q edi. G'alaba uchun ishtiyoq bilan kurashib, yakunda g'alaba qozondik", - dedi Ropiev.

- Ilgari Misrga qarshi o'ynab, yirik g'alaba qo'lga kiritilgan. Bu galgi o'yin avvalgisidan farq qildimi?

- Ha, albatta. O'tgan gal kichik xalqaro musobaqada to'qnash kelgandik. Hozir jahon chempionatida to'p tepmoqdamiz. SHu jihatidan o'yinga bo'lgan masuliyat boshqacha edi. Misr ham o'yin davomida bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Bosim uyushtirib, g'alabani qo'lga kiritish niyatida ekanligini yashirib o'tirmadi. 

- Sizningcha, terma jamoamiz keyingi o'yinda kim bilan o'ynagani maqul?

- Raqib tanlamaymiz. Kim bo'lsa ham, maqsadimiz – g'alaba qozonish. Argentina yoki Eronga qarshi o'ynaganmiz. Ikkisi borasida ham bizda malumotlar bor. Menga qolsa, Eron bilan to'qnash kelsak, yaxshi bo'lardi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика