So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11

Ixtiyor Karimov: “Namanganliklar omadni o'zlariga chaqirib olishdi” Yangiliklar

Ixtiyor Karimov: “Namanganliklar omadni o'zlariga chaqirib olishdi”

“Navbahor” va “SHo'rtan” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “SHo'rtan” jamoasi bosh murabbiyi Ixtiyor Karimov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:
- Avvalambor namanganlik futbol muxlislarini yutuq bilan tabriklayman. “Navbahor” jamoasiga esa keyingi o'yinlarda ham omad tilayman. O'yin borasida gap ketganida, o'zlaringiz guvohi bo'lganlaringizdek, derli 90 daqiqa kurashlarga boy bahs bo'ldi. Har ikki jamoa ham g'alaba va ochko uchun harakat qildi. Bittagina standart vaziyatdagi xato gol bilan yakunlandi va biz mag'lub bo'ldik. Bugungi uchrashuvda oldimizga kamida durang ko'pi bilan esa g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Lekin, maqsadimiz eta olmadik. Bu futbol, futbol shunisi bilan qiziq.

Hamma narsa futbolchilarning ruhiy tayyorgarligida, yani o'z kuchiga ishonish, g'alabaga bo'lgan intilish bilan bog'liq. Bosh murabbiylik vazifasini bajarishga kirishganimdan keyin jamoa azolari bilan bir maqsad yo'lida birlashishga qaror qildik. To'g'risini aytganda bugungi bahsda futbolchilarimizda ozgina charchoq alomatlari sezildi. Xabaringiz borki, o'z maydonimizda avvaliga “Lokomotiv”, keyin esa “Paxtakor” bilan kuch sinashdik. Bunday klublarga qarshi uchrashuvlarda ruhan tayyor holda yondoshilmasa ijobiy natija qayd etish qiyin masala. Futbolchilarimiz natijalarni ijobiy bo'lishi uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Bugun ham o'yinchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Bittagina xato mag'lubiyatga olib keldi.

Futbol jamoaviy sport turi hisoblanadi. SHunday ekan, maydonda harakat qilgan futbolchilar orasidan kimnidir alohida ajratib ko'rsatish noto'g'ri bo'lardi. Har ikki jamoa futbolchilari o'z imkoniyatlari va kuchlaridan kelib chiqib harakat qilishdi. “Paxtakor”ga qarshi o'tgan uchrashuvdan so'ng ham omad nima degan manoda savol berishgandi. Sportning bir bo'lagi omad. Omad tushunchasini qiyin vaziyatda ozgina vaziyatda mushkulingizni oson bo'lishini omad deb bilaman. Omadni chopishi uchun birinchi navbatda futbolchilar harakat qilishi kerak. Harakatda barakat deb bejizga aytishmagan. “Navbahor” jamoasi futbolchilari 90 daqiqa davomida harakat qilishdi. Har bir vaziyat uchun bor kuchlari bilan intilishdi va omadni o'zlariga chaqirib olishdi.

Sobirxo'jaev bugungi uchrashuvga tayyor edi. Biroq, o'yin paytida ikki bor jarohat olishi uning imkoniyatlarini cheklab qo'ydi. Xolmatov tajribali futbolchilar sirasiga kiradi. Uning tajribasi haqida gapirishga xojat yo'q. Vaqti kelib, Akmal jamoamizga albatta yordam beradi. Buning uchun ozgina vaqt kerak va sabr qilish lozim. Pishur ketadimi yoki ketmaydimi oldimizda chempionatning ko'plab o'yinlari bor. Oleksandr balki jamoamizga kirishib keta olmagandir. Bunga ham vaqt kerak. Har ikki futbolchimizni ham qachondir yordami tegadi deb o'ylayman.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика