Ixtiyor Karimov: "Jamoamizda ruhiy tushkunlik bor"
31 may 2017 22:27
Yangiliklar
Ixtiyor Karimov: "Jamoamizda ruhiy tushkunlik bor"
- Avvalambor ustozimiz Yuriy Vazgenovich Sarkisyanni yubileylari bilan "SHo'rtan" klubi nomidan tabriklayman.
O'yin "Bunyodkor" ustunligi ostida o'tdi. Biz bundan 3 kun oldin "Olmaliq" bilan o'ynagandik va shu bois jamoamizda charchoq alomatlari sezildi. Bugun "Bunyodkor"dagi yoshlik shijoati o'z so'zini aytdi va bizga nisbatan uchrashuvga tayyor holatda kelgani ko'rindi.
Igor Taran hali jarohat forig' bo'lgani yo'q. Keyingi uchrashuvga qadar safga qaytishini kutamiz.
Ikkinchi davradan boshlab yoshlar jamoamizdagi iqtidorlarni asosiy tarkibga jalb etamiz. Asror Aliqulov boshchiligidagi yoshlar jamoamiz yaxshi natijalar qayd etmoqda. Biz davralar oralig'ida ularga ham etibor qaratamiz va yoshlarga ishonch bildiramiz.
To'g'risini aytadigan bo'lsam, chempionatda ham ishlarimiz yurishmayapti. Futbolchilarimizning ruhiy holati yomonlashganini sezib turibman. SHuning uchun ham kubok uchrashuvlariga ularga kurashish ruhiyati ko'rinmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar