So’nggi yangiliklar

08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  0 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  3 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  6 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  5 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  13 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3

Ivor Veycer: "Buxorolik muxlislar ishonchini qaytarishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Ivor Veycer: "Buxorolik muxlislar ishonchini qaytarishga harakat qilamiz"

Teglar :  Ivor VeycerBuxoro
“Buxoro”ning xorvatiyalik legioneri Ivor Veycer jamoamizning safardagi barcha gollariga mualliflik qilmoqda.

“Nasaf” va “Qizilqum”ga qarshi kechgan uchrashuvlarda “Buxoro”ning yagona goliga aynan Veycer mualliflik qildi. Navoiydagi bahsdan so'ng ushbu futbolchi o'z fikrlarini bildirdi.

“Avvalombor barcha muxlislarimizni safardagi ilk g'alabamiz bilan tabriklayman. “Qizilqum”ga qarshi uchrashuv biz uchun juda og'ir kechdi. Jamoamiz ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng ushbu bahsda qanday bo'lmasin g'alaba qozonishi shart edi. Bu g'alabadan so'ng turnir jadvalidagi poziciyamiz ham ancha yaxshilandi, biz chempionat liderlari bilan ochkolarimiz tafovutini ko'payib ketishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Umumiy qilib aytadigan bo'lsam, “Qizilqum” bilan o'yinda biz har bir santimetr uchun kurashdik, oxirgi soniyalargacha kurashni to'xtatmadik. “Qizilqum” jamoasiga hurmatimni saqlagan holda aytishim mumkin-ki, biz haqli g'alabaga erishdik.

Men “Buxoro”ga kelishdan oldin tabiiy-ki, jamoa haqida malumot yig'dim. O'tgan mavsumda ushbu jamoa 4-o'rinni egallabdi va sovrindor bo'lishiga oz qolgan edi. Meni diqqatimni tortgan boshqa jihat bo'ldi. Ushbu jamoa muxlislarining ko'pligi meni hayratga soldi. Har bir uy uchrashuvlariga 20 ming va undan ziyod muxlis tashrif buyurishini eshitib lol qoldim, ishonmadim. Lekin klub saytidagi suratlarni tomosha qilar ekanman, bunga o'z ko'zim bilan guvoh bo'ldim, darhaqiqat stadion liq to'lar ekan.



 Dastlabki tur uchrashuvida o'z uyimizda “Olmaliq” bilan o'ynadik. Bu uchrashuvda ham aynan shunday atmosfera guvohiga aylanishga umid qilgan edim, afsus-ki negadir muxlislar kam kelishdi. Stadion yarmi bo'sh turgani dilni xira qildi. Yil boshida jamoa azolari tubdan o'zgartirildi, balki muxlislar yangilarga sal ishonchsizroq nazarda qarashayotgandir va shu sababli stadionga kelmayyotgandir. Vaqt o'tgan sayin biz albatta muxlislarimizni stadionga qaytaramiz va ularning bizga nisbatan ishonchlarini yana uyg'otishga harakat qilamiz. Men umid qilaman-ki, keyingi uy uchrashuvlarimizda stadionga yanada ko'proq muxlis tashrif buyuradi. Ertakdagiday go'zal Buxoro” shahri va uning xalqi ulkan g'alabalarga loyiqdir. “Buxoro” jamoasi mana shunday muxlislari bilan albatta xorijiy arenalarni ham zabt etishi shart!

SHunday go'zal va betakror, quyosh botgandan so'ng misli ertakga tushib qoladigan, juda mehmondo'st va tinch shaharda yashab turib, ajoyib ob-havoda stadionga tashrif buyurib, miriqib futbol tomosha qilishga nima etsin?! Futbol bu bayram, keling bayramda birga bo'laylik! ”-mana shunday pazitiv notada o'z nutqini yakunladi Ivor Veycer.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика