So’nggi yangiliklar

17:53Суперлига. ОКМК – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  1 17:40Суперлига. "Андижон" — "Динамо" (матнли трансляция)  3 17:26ОКМК — "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  1 17:11"Ризеспор" — "Эюпспор". Алиқулов асосий таркибда  0 16:57"Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  2 16:28"Турон" — "Астана". Абдумажидов, Мухторов ва Асқаров асосий таркибда  0 16:03"Байер" Алонсонинг "Реал"ни бошқаришни истаётганини билади ва мураббийга тўсқинлик қилмайди  4 15:37"Локомотив" — "Жайхун". Таркиблар маълум  1 15:17"Боруссия" "Барселона" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 14:50"Динамо" — "Рубин". Ашурматов захирада  1 14:30"Манчестер Юнайтед" деярли 60 млн евро турадиган футболчига қизиқиш билдирмоқда  1 14:01"Ливерпуль" Салоҳ билан шартнома узайтирилганига қарамай, АПЛдан вингер сотиб олмоқчи  2 13:37"Реал" Рауль Асенсио билан шартномани узайтирди  1 13:10"Манчестер Сити" 70 млн евродан ортиқ маблағга португалиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 12:44Мурод Исмоилов: "Левченко борасида тезкор қарор чиқарилмаслигини истардим"  19

Ivica Olich: CSKAdagi davrim eng yaxshisi Yangiliklar

Ivica Olich: CSKAdagi davrim eng yaxshisi

Teglar :  Ivica OlichCSKA
O'tgan hafta xorvatiyalik taniqli futbolchi Ivica Olich 37 yoshga to'ldi. SHunga qaramay, hamon futbol o'ynamoqda. Ayni payt u Germaniya ikkinchi bundesligasi vakili Myunxen 1860 jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

- SHu yoshda hamon professional futbolchi hisoblanasiz. Buni qanday uddalayapsiz?

- Gamburgdan so'ng faoliyatimni yakunlashga qaror qilgandim. O'zimga o'zim: Tugatish vaqti keldi, degandim va murabbiylik kurslariga yozilib qo'ygandim. SHunda Myunxen 1860 bosh murabbiyi Kosta va men bilan Xorvatiya terma jamoasida birga ishlagan yordamchisi qo'ng'iroq qilishdi. Ular Senda jamoamizga qo'shilish uchun imkoniyat bor deyishdi. Men esa ikkinchi bundesligaga qiziqmasligimni aytdim. Lekin shunga qaramay, ular bilan uchrashdim. Gamburgdan Xorvatiyaga ketayotgandim. Yo'lda ikki kun Myunxenda qolib ketdim. Ular bilan suhbatlashgandan so'ng jamoaga yordam berishga qaror qildim. Ammo jismoniy holatim qandayligini bilmasdim.

- Nima uchun?

- Gamburgda 5-6 oy o'ynamagandim. Yangi mavsum esa bir haftadan keyin boshlanardi. To'g'ri, formamni ushlab turishga harakat qilgandim. Ammo bu etarli emasdi. Dastlabki uchrashuvlarda to'liq o'ynadim. Hozir esa o'zimni yaxshi his qilyapman.

- SHu yozda CSKAga hujumchi kerak edi. Sizga murojaat qilishmadimi?

- Yo'q. AQSH va Qatardan takliflar bo'lgandi. Lekin Myunxenda uch yil yashaganman va bu erda do'stlarim bor. SHu bois ham faoliyatimni Myunxen 1860da davom ettirishga qaror qildim.

- CSKAdagi faoliyatingiz davomidagi eng yorqin xotiralar qaysi?


- Agar Gertani hisoblamasak, CSKA mening birinchi xorij klubim edi. Harbiylar jamoasidan taklif olganimda Rossiya futboli haqida umuman malumotga ega emasdim.

- Nimaga ikkilangansiz?


- Xorvatiyada qatorasiga ikki marta to'purar va mamlakat chempioni bo'lgandim. SHu bois ham Germaniya, Italiya yoki Angliya klubiga o'tish haqida o'ylardim. Lekin Rossiyadan tushgan taklifni o'rganib chiqishga qaror qildim. Raximichga qo'ng'iroq qilganimda u borishimni taklif qildi. Keyin oilamiz bilan Mos-kvani tanladik. Eslashga arziydigan voqealar ko'p. Hozir faoliyatimga nazar solarkanman, CSKAdagi davrim eng yaxshisi ekaniga amin bo'ldim. O'shanda uch marta chempionlikni nishonlaganmiz. Bundan tashqari, UEFA kubogida zafar quchib, CHempionlar Ligasida ishtirok etganmiz.

- Ajoyib jamoa edi.


- CSKAning oxirgi 20 yildagi eng yaxshi tarkibi, desam ham mubolag'a bo'lmaydi. Jamoada Akinfeev, Ignashevich, Berezuckiylar, Jirkov, Daniel Karvalo, Vagner Lav, Jo, Krasich, Raximich kabi futbolchilar bor edi.

- Akinfeev, Ignashevich va egizaklar hamon CSKAdalar. Ulardan qay biri Evropada o'ynab keta olardi?


- Hammasi. Akinfeev va Ignashevichning terma jamoadagi faoliyatiga nazar soling. Bir necha yillardan buyon yuqori saviyada o'ynashmoqda. Menimcha, Igorning imkoniyatlari ko'proq. Men o'ynagan paytda juda yosh edi. Lekin o'shandayoq jahonning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo'lishi ko'rinib turgandi. Ko'plab kiperlar bilan birga o'ynaganman. Jumladan, Noyer bilan ham. Akinfeev tizzasidan olgan jarohatidan keyin ham yuqori saviyaga chiqa oldi.

- CSKAdan ketganingizga 10 yil bo'ldi, ammo hamon rus tilida gaplashyapsiz.


- Biroz unutdim. Amaliyot etishmayapti. Hali ham yaxshi tushunaman. Lekin ayrim so'zlarni aytishga qiynalyapman.

- Oxirgi marta qachon rus tilida gaplashgandingiz?


- Bir necha oy oldin intervyu bergandim. Lekin ko'p gaplashmaganmiz. Bavariyada Timoshuk bilan har kuni rus tilida gaplashardim. U avvaliga nemis tilida umuman gapirmasdi.

- Moskvada siz sog'inadigan joy bormi?


- Moskvada o'ynaganimda  sobiq Yugoslaviyadan futbolchilar ko'p edi. Vidich va Pyanovich Spartakda. Men va Raximich CSKAda. Ivanovich va Spaxich Lokoda. Ularning ko'pchiligi Rossiyadan top-klublarga ketishgan. Masalan, Vidich MYUga, Krasich Yuventusga, men Bavariyaga, Bano CHelsiga. Xullas, o'sha davrlarda Moskva­dagi bo'sh vaqtimizni ko'pincha Botik Petra restoranida o'tkazardik.

- Rossiyada yana qaerga borishni istardingiz?


- Yaqinda CSKAning yangi stadion ochganini o'qib qoldim. Bundan juda xursand bo'ldim. U erda bir marta o'ynashni istardim. Yoki shunchaki, o'yin tomosha qilgani boraman.

- CSKA muxlislari oradan 10 yil o'tsa ham Olich deb yozilgan futbolkalarda yurishadi. Sizda ham harbiylarning futbolkasidan qolganmi?


- Albatta! Bunday liboslarning bir nechtasi bor.

- Rivaldo o'tgan yili professional jamoada o'z farzandi bilan birga o'ynadi. Siz ham shunday imkoniyatga egamisiz?


- Ikki o'g'lim bor. Kattasi 14 yoshda, otasi bilan o'ynashi uchun hali bir necha yil mehnat qilishi kerak. Biroq u ancha iqtidorli.

- Yana bir-ikki yil o'ynaysizmi?


- Uch yil o'ynashim qiyin. SHu mavsumni tugatib olay, keyin bir gap bo'lar... Boshqa tarafdan Hech qachon hech qachon demang hikmati bejiz aytilmagan.


J.BOBOXONOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика