


Branislav Ivanovich. ("Lokomotiv" - "Chelsi") 2008 yilda Moskvaning "Lokomotiv" jamoasidan "Chelsi"ga 13 million evro evaziga ko'chib o'tgan. Bugungi kunda "aristokratlar" himoyasini serbiyalik futbolchisiz tasavvur qilish qiyin

Martin Shkrtel. ("Zenit" - "Liverpul") Slovakiyalik futbolchi o'z vaqtida 4 yil "Zenit" sharafini himoya qilgan. 2008 yildan esa "Enfild"ga ko'chib o'tgan

Nemanya Vidich. ("Spartak" - "Manchester Yunayted") 2004 yildan 2006 yilgacha moskvaliklar jamoasida o'ynagan. Keyinchalik esa MYU safiga borib qo'shilib, APL chempioni, YCHL sohibi, Klublar o'rtasidagi JCH g'olibligini qo'lga kiritdi

Seydu Dumbiya. (SSKA - "Nyukasl") Afrikalik hujumchi 2010-2015 yillarda SSKAda o'ynagan. Aynan ushbu o'yinlari orqali "Roma"ga transfer qilinadi. Keyin yana RPLga qaytadi. Kuni kecha uning "Nyukasl" safiga borib qo'shilgani haqida xabar chiqdi

Andrey Arshavin. ("Zenit" - "Arsenal") Evro-2008dagi yorqin o'yinlardan so'ng rus futbolchilariga haridorlar ko'payib qoldi. Shulardan biri Arshavin. U avvaliga "kanonirlar" safidagi ajoyib o'yinlari evaziga muxlislar mehrini qozona oldi. Biroq, bu uzoqqa cho'zilmadi. Futbolchi londonliklar safida 143 ta o'yinda maydonga tushgan.

Irji Yaroshik. (SSKA - "Chelsi") 2003-2004 yilda SSKAda o'ynagan chexiyalik futbolchi "Chelsi" safiga borib qo'shiladi

Yuriy Jirkov. (SSKA - "Chelsi") 2009 yilda SSKAdan 18 million funt evaziga "Chelsi"ga ko'chib o'tgan

Jo. (SSKA - "Manchester Siti") 2008 yilda SSKAdan "Manchester Siti"ga 18 million funt evaziga o'tgan. Biroq, APLda braziliyalik hujumchining ishlari yurishmadi. 21 o'yinda 1 ta gol 18 million funtlik futbolchining natijasi emasda, ahir...

Diniyar Bilyaletdinov. ("Lokomotiv M" - "Everton"). Ushbu futbolchi ham Evro-2008dagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng sheriklari kabi Yevropaga yo'l oladi. Yarim himoyachi 2009-2012 yillar davomida "Everton"da o'ynagan

Roman Pavlyuchenko. ("Spartak" - "Tottenxem") Hujumchi 2008 yildan 2012 yilgacha "Tottenxem"da o'ynagan. Ushbu 4 yil davomida futbolchi londonliklar safida 78 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan
Aziz To'xtamurodov tayyorladi



