So’nggi yangiliklar

18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  1 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   1 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  1 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  0 16:33Ўзбекистон Кубоги. “Бунёдкор” — “Локомотив”, “Бухоро” — “Наманган ФА”, “Қўқон-1912” — Қизилқум”, “Замин” — “Андижон ФА”  1 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  7 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  4 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  4 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  3 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  5 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  5

Ivan Yovanovich: "Ertaga durang natijasi qayd etilishi ham mumkin" Yangiliklar

Ivan Yovanovich: "Ertaga durang natijasi qayd etilishi ham mumkin"

"Lokomotiv" va "Al Nasr" o'rtasidagi o'yindan oldin mehmonlar ustozi Ivan Yovanovich va futbolchi Jires Kembo Ekoko matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

"Bo'lajak o'yin ikkala jamoa uchun ham muhim, bahs qiyin kechadi. Bu o'yinda guruhdagi birinchi o'rin taqdiri hal bo'ladi. Katta ehtimol bilan aynan ertangi ikki klub keyingi bosqchiga chiqadi. Guruhdan chiqish uchun "Lokomotiv", "Al Nasr" va "Al Ittihod" klublari davogar. SHu bois oxirgi tur o'yinlari keskin kechadi. "Lokomotiv" juda kuchli jamoa, ular ayni paytda kvartetimizda peshqadam bo'lib turibdi. Ertangi o'yin natijasiga ko'ra guruhdan chiqishni istaymiz", - deydi Yovanovich.

"Ertangi bahs xuddi birinchi o'yindagi kabi keskin kurash bo'lishini kutayapman. Raqib juda kuchli va ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ikkala jamoa ham keyingi bosqichga chiqishni istaydi", - deydi Kembo Ekoko.


- Ikkala jamoani durang qoniqtiradi. Ertaga 0:0 hisobi qayd etilishini kutishimiz mumkinmi?

- Albatta futbolda istalgan hisob qayd etilishi mumkin. Biz guruhda birinchi o'rinni olish uchun harakat qilamiz. SHu bois har qanday natija bo'lishi mumkin.

- "Lokomotiv"ning qaysi futbolchilarini eng xavfli deb hisoblaydi?

- Qaysidir futbolchini alohida ko'rsatib o'tmoqchi emasman. Raqib jamoaviy tarzda juda kuchli. Jismoniy tomonlama kuchli futbolchilarga ega bo'lgani uchun guruhda peshqadam bo'lib turibdi.

- Siz murabbiy sifatida APOEL bilan Evropa chempionlar ligasida ishlagansiz. CHorak finalda "Real"dek klubga qarshilik qilgansiz. OCHL va ECHL o'rtasida qanchalik katta farq bor?

- Ikki chempionlar ligasi orasida farq juda katta. Infrastruktura, maydonlar va boshqalar tomonidan boshqa boshqa musobaqalar hisoblanadi. Evropa chempionlar ligasi hozirgi kunda futbol olamidagi eng mashhur va kuchli musobaqa hisoblanadi. U erda jahon yulduzlari o'ynaydi. Yaqin orada bu musobaqaga teng kelishning imkoni yo'q. "Al Nasr" bilan OCHLda birinchi yil ishlayapman. Osiyoda ham tashkilotchilik o'sib borayotgani ko'rinib turibdi, kichik detallargacha etibor qilinadi. Umid qilamanki yaqin yillarda OCHL ham yuqori saviyaga chiqib boradi.

- Guruh bosqichida uchta klubga qarshi o'ynadingiz. Sizningcha qaysi klub eng kuchlisi?

Jires Kembo Ekoko: - O'zbekistonda o'zbek klublariga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lib kelgan. Bu erda har bir klub qiynaladi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика