Ivan Yosovich: " O'ylashga vaqtimiz yo'q. "Mashal"ni yutishimiz shart"
13 sen 2021 12:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657632_original.jpg)
![](/upload/storage/657632_220.jpg)
Ivan Yosovich: " O'ylashga vaqtimiz yo'q. "Mashal"ni yutishimiz shart"
Mazkur bahsda jamoaning yagona to'pini Ivan Yosovich kiritdi. Serbiyalik himoyachi uchrashuvdan so'ng saytimiz muxbiriga fikrlarini bildirdi.
"Jamoamiz joriy mavsumda safarda yaxshi o'ynamoqda. Eng ko'p ochkolarni mehmonda qo'lga kirityapmiz. "Bunyodkor" bilan o'yinda ham g'alaba uchun maydonga chiqdik. Lekin futbolda har doim siz istagan narsa ro'y beravermaydi. Xohish va ishtiyoq kuchli edi.
To'g'ri, "Bunyodkor" ikkinchi golni urganiga qadar biz yomon o'ynayotgandik. SHunday bo'lsada vaziyatlar bo'lmadi, deya olmayman. Andrey Sidorovda gol urish uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. SHuni aytish mumkinki, raqib to'pni juda yaxshi nazorat qildi. Darvozamizdan ikkinchi to'pni o'tkazib yuborganimizdan so'ng faolroq o'ynashni boshladik. Hisob ham qisqardi. Durangga yaqin keldik, desam mubolag'a bo'lmaydi. Ayni payt o'ylab o'tirishga vaqt yo'q. "Mashal" bilan o'yinga tezroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bizni g'alabadan boshqa narsa qoniqtirmaydi",- deydi Yosovich.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar