Ivan Perishich: "Klopp menga zamonaviy futbolni o'rgatgan"
29 sen 2019 19:20
Yangiliklar
Ivan Perishich: "Klopp menga zamonaviy futbolni o'rgatgan"
"Bavariya" yarim himoyachisi Ivan Perishich "Borussiya D" klubida birga ishlagan Yurgen Klopp bilan bo'lgan voqealarni esga oldi.
"Men hujum chizig'i vakili himoyalanishi lozimligini bilmasdim. Yurgen menga zamonaviy futbolni o'rgatdi. Buning uchun unga minnatdorchilik bildirishim lozim. Birinchi mavsumda ikkita sovrin yutdik, lekin ikkinchi mavsumda mening holatim o'zgarmasiligini tushunib etdim va ketishni istadim. Men unga asosiy tarkibda muntazam o'ynashni xohlashimni aytdim. U esa javob tariqasida istagimni hurmat qilishini aytdi va echim topishga vada berdi", – deydi Perishich.
Fikrlar