Ivan Nagaev "Torpedo"ga o'tadi
19 dek 2013 20:52
Yangiliklar

Ivan Nagaev "Torpedo"ga o'tadi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi va O'zbekiston Milliy terma jamoasi hujumchisi keyingi mavsumni Rossiya birinchi divizion klubi bo'lgan Moskvaning "Torpedo" klubida davom ettiradi.
Moskvaning "Torpedo" klubi keyingi mavsum uchun o'z oldiga Premer ligaga chiqishni maqsad qilgan va tarkibni birmuncha kuchaytirmoqda. Ayni vaqtda birinchi davradan so'ng "Torpedo" 39 ochko to'plagan holda 19 ta jamoa ichida 6-pog'onada bormoqda. Bu jamoa 2-pog'onada borayotgan "Alaniya"dan 6 ochko ortda bo'lsa, 3-pog'onadagi "SHinnik" bilan o'rtada 1 ochko bor.
Eslatib o'tamiz Rossiyada yuqori ikki o'rinni olgan jamoa Premer ligaga yo'l olsa, uchinchi, to'rtinchi pog'onani egallagan jamoalar o'tish turniri orqali Premer ligaga chiqishi mumkin.
Garchi hali o'tishi rasman hal bo'lmagan bo'lsada bu masala tezda hal bo'lishi kutilmoqda. "Torpedo" hozirda Moskvada yig'in o'tkazmoqda va 20 yanvardan Turkiyada yig'in tashkil etadi va nazorat uchrashuvlarini o'tkazadi.

Fikrlar