Ivan Nagaev Italiyaning "Parma" klubida!
05 dek 2014 15:04
Yangiliklar

Ivan Nagaev Italiyaning "Parma" klubida!
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Ivan Nagaev ayni vaqtda Italiyaning "Parma" klubi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Bundan bir hafta oldin Italiyaga jo'nab ketgan futbolchi bu vaqt davomida klub bilan muzokaralar o'tkazdi va klubning mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Futbolchining transferi masalasi yaqin kunlarda rasman malum bo'ladi. Ayni vaqtda hujjatlar bilan bog'liq so'nggi ishlar ko'rib chiqilmoqda.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, Nagaev Italiya klubiga o'tgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, "Parma" ayni vaqtda "A" seriyada 13-turdan so'ng 6 ochko to'plagan holda so'nggi pog'onadan o'rin olgan.

Fikrlar