Ivan Nagaev: "Hozirgi holatimdan ko'proq siqilyapman"
05 may 2016 22:05
Yangiliklar
Ivan Nagaev: "Hozirgi holatimdan ko'proq siqilyapman"
"Har bir jamoa guruhdan chiqishga harakat qiladi. Biz buni uddalaganimizdan xursandmiz. Bu natija har bir kishiga alo kayfiyat ulashadi. Barchamiz "Lokomotiv" jamoasi tarixiga kirdik desak ham bo'ladi. Anchadan buyon jamoamiz OCHLda ko'ngildagidek ishtirok eta olmay kelayotgandi. Guruh bosqichi biz uchun muvaffaqiyatli tugadi. Buyog'iga yanada qiyin uchrashuvlar bo'ladi. SHunga monand tayyorgarlik ko'ramiz. Ivan Nagaev ko'rinmay qoldi? Bu avvalo murabbiyning tanlovi. Balki men o'yinga tayyor emasdurman, yoki boshqa sabablari bordir. Bu haqida aniq bir narsa deya olmayman. Meni maydonga tushish ishtiyoqim juda kuchli va o'zimni ko'rsatishni istayman. Rejalarim? Hozircha bilmadim. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Albatta bunday payt odam xafa bo'ladi. Men ko'proq xafa emas, hozirgi holatdan siqilyapman desam to'g'riroq bo'ladi", - dedi Ivan Nagaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar