Ivan Nagaev faoliyatini Rossiyada davom ettirmoqchi
16 dek 2013 17:05
Yangiliklar


Ivan Nagaev faoliyatini Rossiyada davom ettirmoqchi
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Ivan Nagaev Rossiyaga jo'nab ketdi.
Olingan xabarlarga ko'ra, Ivan Nagaev keyingi mavsumni Rossiyada davom ettirmoqchi. Ertaga futbolchi faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi malum bo'ladi. SHunday bo'lishiga qaramay uning keyingi klubi Rossiyaning 1-divizon klubi bo'lishi aniq bo'lmoqda. Bu klub o'z oldiga premer-ligaga chiqishni maqsad qilgan jamoa bo'lib, bu haqida futbolchining o'zi hujjat masalalarni barchasi hal bo'lgach batafsil aytib o'tadi.
Aytib o'tish joizki terma jamoamiz azosi va o'tgan mavsumni "Loko" tarkibida o'tkazgan Sanjar Tursunov ham ushbu liganing "Gazovik" jamoasida davom ettirmoqda.
Aytib o'tish joizki terma jamoamiz azosi va o'tgan mavsumni "Loko" tarkibida o'tkazgan Sanjar Tursunov ham ushbu liganing "Gazovik" jamoasida davom ettirmoqda.

Fikrlar