So’nggi yangiliklar

08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  3 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  0 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  0 07:25МЛС. Месси захирадан майдонга тушиб, ғалаба голини урди  0 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  2 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  5 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   51 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26

Ivan Boshkovich: Futbolda doim yaxshi o'ynagan jamoa g'alaba qozonmaydi Yangiliklar

Ivan Boshkovich: Futbolda doim yaxshi o'ynagan jamoa g'alaba qozonmaydi

Dinamo - So'g'diyona uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yinni yomon o'tkazmadik, vaziyatlarga ega bo'ldik. Biz nafaqat bitta, balki undan ham ko'proq gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldik. O'yini to'liq boshqardik, biroq vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda «Dinamo» yaxshi harakat qildi, ochiq futbol guvohi bo'ldik. Muxlislar bugungi o'yindan xursand. Ular gol urishga erishishdi, biz esa ura olmadik. Futbolchilarimning mahorati etarli edi, ammo ular bugun asabiylashishdi. Nima uchun bunday bo'lganini bilmayman. «Dinamo» jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Medal olishimiz o'z qo'limizda edi. Menga jamoa nima uchun to'rtinchi o'rini olganini tushuntirib berishdi. Mavsumdan to'liq qoniqish hosil qilganim yo'q, men bundan ko'prog'ini kutgandim. Endi kelasi mavsumga yanada jiddiyroq tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Bu yilgidan ko'ra yaxshiroq natija ko'rsatishga intilamiz. Men jamoamga ishonaman.

Umumiy mavsum uchun «So'g'diyona» jamoasiga 10 ballik tizimda necha baho qo'ya olasiz?

Men baholay olmayman.CHunki men bu jamoani qanday mehnat qilayotganini ko'rib turibman. Jamoa rivojlanishi lozim. Mavsum boshida jamoa umuman boshqacha edi va mavsum davomida futbolchilarim ancha o'sishga erishdilar deb o'ylayman. Biz ko'p narsalarni yaxshilashga erishdik. Futbolda doim yaxshi o'ynagan jamoa g'alaba qozonmaydi.

Jamoaning kelajagi haqida nima deya olasiz? Bazi manbalarda jamoa etakchilari «So'g'diyona»ni tark etishini yozmoqda.

- Oldindan hech nima deyishni istamayman. Rahbariyat bilan gaplashib olishimiz kerak. Menimcha katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Kim qoladi, kim ketishini hali gaplashib olishimiz lozim bo'ladi. Jamoaning o'zagi saqlab qolinadi. Yil davomida bir nechta yaxshi yosh futbolchilar etishib chiqishdi. Ular katta futbol o'ynashga tayyorlar. Katta o'zgarishlar bo'lmaydi, biz yoshlar bilan rivojlanishda davom etishimiz lozim. Yaxshi jamoani bir kunda yoki bir oyda tuzib bo'lmaydi. Biz malum vaqt ishladik va menimcha hozirgi jamoa ancha yaxshi darajada. Kelasi mavsum ham yaxshi darajada o'ynashga harakat qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика