So’nggi yangiliklar

17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  0 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  0 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2 15:43Футзал. БМБ "Пахтакор" дарвозасига жавобсиз 7та тўп киритди  2 15:05Манба: "Динамо" футболчиларига 3 ойдан бери маош берилмаяпти  8 14:47Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади  11 14:33Олимпиадага чиққан Ўзбекистон U-23 терма жамоаси футболчиларига қанчадан мукофот берилгани маълум  38 13:47ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари  23 13:27"Насаф"нинг асосий жамоаси кетидан футзал жамоаси ҳам голлар шоусида ғалаба қозонди  0 12:55Миличкович "Металлург"нинг 900-голи муаллифи  1 12:27"Пахтакор"да йўқотиш. Бу мавсум 5та гол урган футболчи сафдан чиқди  16 11:58"Насаф" голлар шоусида ОКМКни мағлуб этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:27Футзал. Бугун Фарғонада 10-тур старт олади, пешқадам БМБ "Пахтакор"га қарши  0 11:11Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи  17

Ivan Boshkovich: "Bizni o'rtacha natijalar qoniqtirmaydi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Bizni o'rtacha natijalar qoniqtirmaydi"

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich ikkinchi davraga tayyorgarlik va tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday kechmokda va birinchi davradan qanday hulosalar chiqardingiz?

- Biz Jizzaxda yig'in o'tkazayapmiz, bizga barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Birinchi davrada yaxshi natijaga erisha olmadik, lekin sifatli o'yin namoyish etdik.

- "So'g'diyona" siz istagan jamoa darajasiga qachon etib keladi? Yani siz hoxlagan taktika va o'yin falsafasi...

- Biz namoyish etayotgan o'yin sifati, biz erishayotgan natijaga to'g'ri kelmaydi, lekin ishonchim komil, biz to'g'ri yo'nalishda ketayapmiz.

- Siz "So'g'diyona"ni qabul qilib olganingizdan so'ng, jamoa o'yini yaxshi tomonga o'zgardi, lekin "OKMK", "Nasaf" va "Surxon" jamoalariga qarshi uchrashuvlarda nima bo'ldi?

- Jamoa o'sishga erishdi, lekin realizaciya tomondan ko'p muammolarga uchradik. So'ngi uchrashuvlarda esa, etakchi o'yinchilarimiz tarkibda yo'qligi asosiy halaqit berdi.

- Yangi legionerlar jamoaning tarkibini kuchaytirish uchun olib kelindimi yoki jamoa raqobat darajasini ko'tarish uchunmi? Lyupche Doriev va Radulovichlarni o'zingiz jamoaga taklif etdingizmi yoxud sizga u futbolchilarni taklif etishdimi?

- Bir tarkibni ham, raqobatni ham kuchaytirdik. Dorievni menga maslahat sifatida taklif etishgan edi va men uni so'ngi 6 oy davomida kuzatib bordim. Radulovich mening jamoamda o'ynagan va men uning qanday futbolchiligini bilaman.

- "So'g'diyona" bir nechta yosh futbolchilarni "Bunyodkor"dan olgan edi. Jizzaxda ham yosh talantlar bormi?

- Biz jamoani haqiqatdan ham kuchaytira oladigan futbolchilarni o'z safimizga qo'shib olganmiz. O'zbekistonda talantlar ko'p, Jizzax ham bundan istisno emas. Yosh futbolchilar o'zini namoyish etishni boshlamoqda. Bunday yosh va talantli futbolchilar bilan ishlash juda yoqimli.

- Ikkinchi davradan so'ng, turnir jadvalidagi qaysi o'rin "So'g'diyona" uchun qoniqarli bo'ladi?

- "So'g'diyona" har bir raqibga qarshi g'alaba qozonish uchun maydonga chiqadi. Bizni o'rtacha natijalar qoniqtirmaydi. Bizning asosiy vazifamiz, "So'g'diyona"ni turnir jadvalining yuqori o'rinlariga qaytarish. To'g'ri bu oson vazifa emas, lekin men o'z futbolchilarimga va ular ko'rsatayotgan o'yin sifatiga ishonaman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика