So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23 0:1  9 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Ivan Boshkovich: "Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz"

Coca-Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Biz har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga tushamiz. Superligada qolish kurashayotgandik, buni muddatidan oldin bajardik. Meni futbolchilarni ruhiyati o'ylantirgandi. Avvalgi g'alabadan keyin o'zgarish bo'lishidan qo'rqqandim. Raqib Superligada qolish uchun g'alaba kerak edi. Jang bo'lishi aniq edi. Qo'qonliklar vazifani bajarish imkoniyatini saqlab qoldi. Ularga omad tilayman. Birinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqish hosil qilmadim. To'pni ko'p vaqt ushlab turdik, oldinga o'tishga kechikdik. SHunday bo'lsa-da, o'yin oxirida gol urdik, mezbonlarda vaziyatni tenglashtirish uchun vaqt kam qolgandi. Mezbonlar standart vaziyatlardan foydalanishga harakat qildi, ammo biz himoyada ishonchli o'ynadik. Omadimiz ham keldi. Asosiysi, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bu orqali Superligada qolish vazifasini bajardik.

- Tarkibda Jasur Hakimov hujumda o'ynayotgandi. Uni almashtirish orqali hisobni saqlab qolishni maqsad qilganmidingiz?

- Yo'q, bunday emas. Jasur o'zini yomon his qildi. SHu sabab uni almashtirdik. Hujumchi o'rniga Usmonalini maydonga tushirdik. Narx esa o'z qanotida o'ynadi. U o'z qanotida xavfli. Aynan uning qanotidan ko'proq hujumlar tashkil qilishni rejalashtirgandik. 

- "Paxtakor" bilan bahsda ham g'alaba qozonishni maqsad qilinganmi?

- Nega to'xtashimiz kerak? Har bir o'yindan keyin g'alaba uchun maydonga tushamiz. "Navbahor" bilan o'yindan keyin "biz mana endi qizishib oldik" deganimda ko'pchilik meni gapimni hazilga oldi. Jamoa mana natija ko'rsata boshladi. Tarkibdagi  4-5 ta kattalar yoshlarga o'rnak bo'la olmoqda. SHu tariqa davom etsak, kelasi yilda chempionlik uchun kurasha oladigan jamoa yarata olamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика