Italiyaning ikki klubi Boatengga da'vogar

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2018, 16:54
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli futbolchiga "Yuventus" va "Napoli" qiziqish bildirmoqda.

Boateng va "Bavariya" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakunlanishiga qaramay futbolchi transferga qo'yildi. Oldinroq, himoyachi JCH-2018dan so'ng nemis grandini tark etishi e'lon qilingan edi.

So'nggi mavsum Boateng Bundesliga safida 19ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild