Italiyalik futbol funkcioneri O'zbekistonga keldi, u “Oq-tepa” bilan hamkorlik qilmoqchi
01 dek 2020 19:40
Yangiliklar
Italiyalik futbol funkcioneri O'zbekistonga keldi, u “Oq-tepa” bilan hamkorlik qilmoqchi
“Rivojlanish yo'lida turli loyihalarga qo'l urayotgan jamoamiz bu borada yana bir qadam tashladi.
Kuni kecha klubimiz rahbariyatining taklifiga ko'ra, italiyalik futbol funkcioneri Morris Pagniello yurtimizga tashrif buyurdi. Evropada bir qator klublarning funkcioneri sifatida tanilgan Morris Pagniello O'zbekistonda ham o'z faoliyatini boshlashga yaqin turibdi. Albatta, bu faoliyat “Oq-tepa” futbol klubi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ertaga, 2 dekabr kuni soat 11:00 da "Bunyodkor" stadionining anjumanlar zalida Morris Pagniello va jamoamiz rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. Anjumanda barcha savollarga javob olish mumkin bo'ladi. Barcha OAV xodimlarini matbuot anjumaniga taklif qilamiz”, deb yoziladi klub xabarida.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar