Italiyaga qaytgan Ibragimovich “Milan” muxlislariga murojaat qildi
02 jan 2020 20:40
Yangiliklar


Italiyaga qaytgan Ibragimovich “Milan” muxlislariga murojaat qildi
Xabaringiz bor, shveciyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich bugun “Milan” safida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Italiya keldi.
Samolyotdan tushishi bilanoq klub matbuot xizmati undan intervyu oldi.
“Bu erga ko'p yillar oldin kelganim yodimda. Asosiysi bugun bu erga qaytdim va men xursandman. Milan mening uyim deb har doim aytganman. Bir necha yil davomida boshqa jamoalarda o'ynadim ammo men qaytdim. Bu esa eng muhimidir. “San-Siro”da muxlislarni ko'rishni va ularning quvonchdan sakrashini xohlayman”, deya aytgan 38 yoshli forvard.
Zlatan Ibragimovich ishtirokidagi matbuot anjumani ertaga, 3 yanvar kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar