Italiya TJ sobiq ustozi murabbiylik faoliyatini yakunladi. U 2012 yil Evropa vice-chempioni bo'lgan
14 mar 2023 09:00
Yangiliklar
Italiya TJ sobiq ustozi murabbiylik faoliyatini yakunladi. U 2012 yil Evropa vice-chempioni bo'lgan
“Ish bo'yicha bazi takliflar bo'ldi, ammo hozir men orzu qilayotgan yagona “o'rindiq” bu parkda yonimda nevaralarim bilan o'tirish ekanligini tushunmoqdaman. Murabbiylikni to'xtatib, hayotdan zavq olishni istayman”, deya izohlagan Prandelli.
65 yoshli mutaxassis 2021 yildan beri ishsiz edi. Uning oxirgi jamoasi “Fiorentina” bo'ldi. Bundan tashqari, u “Jenoa”, “Al Nasr” (Dubay), “Valensiya”, “Galatasaroy”, “Parma”, “Roma”, “Veneciya”, “Verona”, “Lechche”da ishlagan. Murabbiylik faoliyatini esa o'zining sobiq jamoasi “Atalanta”ning o'smirlar jamoasidan boshlagan.
CHezare Prandelli 2010-2014 yillar davomida Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borib, 2012 yil Evropa vice-chempioni bo'lgan, 2013 yil esa Konfederaciyalar Kubogi bronza medalini qo'lga kiritgan. U 2009 yil Italiyada yil murabbiyi deb topilgandi.
Fikrlar