Italiya terma jamoasi yana uch braziliyalikni mahalliylashtirmoqchi. Ular kimlar?
26 noy 2021 10:38
Yangiliklar
Italiya terma jamoasi yana uch braziliyalikni mahalliylashtirmoqchi. Ular kimlar?
Italiya futbol federaciyasi prezidenti Gabriele Gravina tashkilot uch braziliyalik o'yinchini mahalliylashtirish borasida ishlayotganini elon qildi.
Italiya terma jamoasi "Kalyari" sardori Joau Pedru, 2016 yildan beri "Lacio"da o'ynayotgan himoyachi Luis Felipe va 2019 yil A Seriyaga "Roma" jamoasiga o'tish orqali kelgan Rojer Ibanesga qiziqish bildirmoqda.
Ularning barchasi yoshlar darajasida Braziliyaning turli yosh terma jamoalarida harakat qilishgan.
Eslatib o'tamiz, hozirda Italiya jamoasi tarkibida 3 nafar mahalliylashtirilgan braziliyaliklar bor: Evropa chempionati-2021da ishtirok etgan Emerson Palmeri, Rafael Toloy va Jorjino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar