Italiya o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Erkolani "Manchester Yunayted"ga o'tdi
14 jan 2016 16:10
Yangiliklar


Italiya o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Erkolani "Manchester Yunayted"ga o'tdi
Italiya o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Luka Erkolani "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi.
Bu haqda futbolchining o'zi "Instagram" sahifasida malum qildi.
16 yoshli italiyalik "Old Trafford" stadionidan bir nechta surat qo'ydi, ularning orasida yangi klub formasida tushgani ham bor. Malumotlarga ko'ra, MYU "Forli" klubiga Luka Erkolani uchun 66 ming evro to'ladi.
Yigitcha "Manchester"ning yoshlar jamoasida o'ynaydi.

Fikrlar