Italiya nashri: "Benevento"dan ekzotik g'oya - o'zbek iqtidori
12 dek 2019 17:32
Yangiliklar


Italiya nashri: "Benevento"dan ekzotik g'oya - o'zbek iqtidori
Jasur Jaloliddinov tez orada Italiya B Seriyasida ishtirok etayotgan "Benevento" klubiga o'tadi.
"Markaziy Osiyodagi baliq ovi: "Jiallossilar" ("Qizil-sariqlar") Toshkentning "Bunyodkor" klubida o'ynayotgan 2002 yilda tug'ilgan pleymeyker futbolchi Jasur Jaloliddinovga o'z safiga qo'shib olishga qaror qildi. Bu klub Superliganing uchinchi pog'onasida bormoqda", - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, "Benevento" jamoasi bosh murabbiyi sifatida esa italiyalik mashhur hujumchi Filippo Inzagi ishlamoqda va aynan Pippogolga Jaloliddinovning o'yinlari maqul kelgani tufayli mazkur transfer amalga oshish bo'sag'asida.
Jasur Jaloliddinov: "To'xtab qolmoqchi emasman"
Jasur Jaloliddinovni "Benevento" jamoasida ko'rishni kim istamoqda?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar