So’nggi yangiliklar

23:19Бир-икки, бир-икки...  2 23:17"Реал" — "Бетис". Таркиблар маълум  1 23:13"Лилль" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:09"Бешиктош" — "Сивасспор". Турғунбоев асосий таркибдами?  0 22:50"Ювентус" — "Рома". Шомуродов таркибдами?  5 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  12 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  2 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  65 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1 20:00"Ланс" сўнгги дақиқаларда гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилди  12 19:40АПЛ. "Челси" ўз уйида "Кристал Пэлас"ни енголмади, "Тоттенхэм" эса сафарда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  7

Italiya mafiyasi va futbol vakillarining "qing'ir ishlari" Yangiliklar

Italiya mafiyasi va futbol vakillarining "qing'ir ishlari"

Konte, Anelli va albatta, Maradona haqida.

Bir necha hafta avval bir yangilikdan butun Italiya yoqasini ushladi: Antonio Konte nomalum insondan o'q solingan xat oldi. Buni eshitganlar o'tmishdagi xotiralarni hamda mafiyani yodga olishdi. Oradan bir qancha vaqt o'tdi. Ommaviy axborot vositalari bu qandaydir tushunmovchilik va aql-xushi joyida bo'lmagan muxlislarning navbatdagi "hazili" ekanini aniqlashdi. SHunday bo'lishiga qaramay, Italiyadagi mafiya futbol bilan chamcharchas bog'langan va klublar mafiya bilan kelishgan holda ish tutgan.


"Napoli"

80-90-yillarda Neapol klubi Kamorra (Italiyadagi eng mashhur jinoyatchi guruhlardan biri) nazorati ostida bo'lgan. O'shanda mafiya azolari atributika, chipta daromadidan ulush olgan hamda klubning transferlari borasida faol ishtirok etgan. Agar Italiya gazetalariga ishonadigan bo'lsak, u holda mafiya xodimlari o'z hisobidan Maradonaga katta pul to'lab, uni Neapolga olib kelishgan ekan.

1984 yilning iyul oyida Diego klubga kelgani munosabati bilan o'tkazilgan matbuot anjumanida franciyalik jurnalist Allen SHalu 23 yoshli yulduzga ochiqchasiga shunday degan: "Senga pulni Kamorra to'lab berdi. Futbolkangdagi 10-raqam ham ularning sharofati bilan berildi". Buni eshitgan Maradona dovdirab qolgan. "Napoli" prezidenti esa jurnalistga matbuot zalidan darhol chiqib ketishini ishora qilgan. Ammo franciyalikning ketish niyati yo'qligini tushungan Korrado Ferlaino qizarib ketadi va jahl bilan shunday deydi: "Siz bunday savollaringiz bilan bizni haqorat qilib, xafa qilyapsiz. Neapol – halol va toza shahar".

Diego mafiya bilan do'stlashgani. U hamon mafiya azolari bilan iliq munosabatda ekanini hisobga olsak, mish-mishlar haqiqat ekaniga shubha qilishga hojat qolmaydi. Aynan mafiya uni giyoxvand moddalar qabul qilishga o'rgatib qo'ydi, aynan ular Maradona qaerda o'ynamasin eng yaxshi turar joylarni topib berdi, futbolchining o'zi esa jinoyatchilarning o'sha mashhur guruhi Kamorraning sevimli mehmonlaridan hisoblanardi. JCH-1990 boshlanishidan oldin Diego Karmine Djuliano – jinoyatchilar olamining yirik vakillaridan biri bilan birga ko'ngilxushlik qilatyogani tasvirlangan suratlar tarqaldi. Argentinalikning o'zi ham avtobiografiyasida mafiya vakillari bilan yaxshi aloqada ekanini va ulardan muntazam sovg'alar olib turishini tan olgan.

Umuman olganda, bir narsani tan olish kerak, Neapol — hech qachon to'liqligicha davlat boshqaruvi ostida bo'lmagan shaharlardan biri. Mahalliy aholi Italiyaning qolgan qismini uncha xushlashmaydi va o'zlari bilgancha hayot kechiradi. SHahardagi deyarli barcha harakatlarni aynan Kamorra nazorat qiladi. 

Yangi asr boshlarida "Napoli" kasod bo'lish holatiga kelib qoldi va ortiq faoliyat yurita olmasligi tobora ayonlashdi. O'shanda Kamorra klubdan uzoqlashdi. Lekin 2006 yil Aurelio de Laurentis jamoani qayta tikladi, unga yangi hayot baxsh etdi va oradan bir yil o'tib A Seriyaga qaytardi. Bu orada jinoyatchilar yana klubga qaytishni istab qolishdi. Bu ishni bevosita amalga oshirishning iloji bo'lmadi, bunga davlat hokimiyati yo'l qo'ymadi. O'tgan vaqt mobaynida hukumat jinoyatchilikka qarshilik ko'rsatish yo'llarini qisman bo'lsada topa oldi. Natijada Kamorra avvaliga muxlislar orasiga kirishga intildi (ular birdaniga butun Italiya bo'ylab tartibsizliklar uyushtira boshlashdi), keyin navbat klub futbolchilari va rahbariyatga etdi. 2011 yil jamoaning o'sha vaqtdagi asosiy yulduzlari: Marek Gamshik, Esekel Lavessi va Edison Kavaniga etibor qaratildi. Ularning barchasiga hujumlar uyushtirildi. Surishtiruv ishlarining xulosasiga ko'ra, bu ish Kamorraning faolligi bo'lgan. Gamshik ayolining mashinasini o'g'irlab ketishdi, Lavessiga qurolli hujum uyushtirildi, Kavani uyini esa o'g'rilar tunadi.

Oxirgi marta mafiya va "Napoli" aloqalari mediaga 2017 yilda yana ko'tarildi. O'shanda klubning nomi oshkor qilinmagan futbolchilari Kamorraga qayta sotishi uchun o'yin chiptalarini olib berishgan. Futbolchilarni jinoiy guruh vakillari bilan ko'rishgan, ammo ish salmoqli dalillar topilmagani bois bosti-bosti qilib yuborilgan. Nima bo'lgan taqdirda ham, Kamorraning Neapoldagi mavqeini inobatga olsak, klub va mafiya bugungi kunda ham aloqada bo'lishining ehtimoli juda yuqori. Bu aloqalar haqida biz hali uzoq vaqt o'qib, eshitib yursak kerak.


"Palermo"

Siciliya klubi mafiyaga umuman aloqasi bo'lmasligini tasavvur qilishning o'zi biroz qiyin. Malum vaqtgacha klub tarixida olamshumul voqealar bo'lmagan. Lekin 2008 yil OAV vakillari "Palermo"ning jinoyat olami bilan yaqin aloqalarda ekani haqida bong urgach, barchasi o'zgarib ketdi. Hattoki, Siciliya mafiyasiga bevosita aloqador shahslar ismlari keltirilgan: bu yoshlar jamoasi murabbiyi va klub advokati.

Klubning o'sha vaqtdagi prezidenti Mauricio Dzamparini jamoaning jinoyatchilar bilan aloqasi borligi haqidagi gaplarni keskin inkor etgan. Biroq atrofdagilar klub nafaqat aloqada ekanligi balki, jinoyatchilar guruhlaridan birini Salvatore Lo Pikkolo boshqarishini takidlardi. Aytgancha, u Siciliya mafiyasining sobiq etakchisi — 2006 yil 30 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Bernardo Provencanoning vorisi hisoblanadi. Lo Pikkolo jamoa uchun yangi stadion qurilishiga mablag' ajratmoqchi bo'lib turgandi, ammo 2007 yil unga 10 yilga qamoq jazosi berildi. SHuningdek, Pikkolo uzoq vaqt davomida Italiyadagi deyarli barcha transferlarni boshqarib turgan. 


"Yuventus"

"Yuve" va Kalchopoli ishi haqida deyarli barchamiz yaxshi bilamiz. Lekin shu bilan barchasi yakun topgan deb o'ylasangiz adashasiz. Har holda Italiyaning o'zida shunday deb hisoblashadi. Klubning hozirgi prezidenti Andrea Anelli ko'p bor turli xil shubhali ishlarga aralashib qolgan bo'lib chiqadi. Misol uchun 2016 yil dekabr oyi uni o'z jamoasi o'yinlari uchun chiptalarni jinoiy dunyo vakillariga sotganlikda ayblashdi. U mafiya etakchilarini VIP joyga, guruhning boshqa vakillari hamda ularning oila azolarini esa muxlislar sektorlariga joylashtirgan. 2017 yil Anellini bir yilga katta futboldan chetlatishdi.

O'sha 2017 yilning yanvar oyida "Yuventus" ishqibozlaridan biri CHicho Buchchi intervyu berar ekan, Turin ultrasi tarkibida mafiya vakillari borligiga shama qildi. Italiya policiyasi tekshiruv ishlarini boshlab yubordi. Lekin oradan yarim yil o'tib Buchchiga nima bo'ldi, bilasizmi? Uni Turindan 100 km uzoqlikdan o'lik holda topishdi. Voqea shunchalik shov-shuvga sabab bo'ldiki, hatto "The Guardian" nashri bu haqida alohida maqola tayyorladi. Tasodifmi? Xulosa o'zingizdan, ammo juda shubhali holat.

Biroq "Yuve"ning mafiya bilan qanday bog'liqligi mavjud? 1899 yil italiyalik ishbilarmon "Keksa sinora"ning amaldagi prezidenti qarindoshlaridan biri Jovanni Anelli barchaga malum va mashhur FIAT koncerniga asos soldi. Keyinchalik bu oilaviy biznesga aylandi. Kompaniya esa nafaqat avtomobil, balki poezd va hattoki, engil motorli samolyotlar ishlab chiqara boshladi. Tabiiyki, davlat organlari, mafiya, fashistlar va turli yillarda hokimiyatni o'z qo'lida ushlab turganlar bilan yaqin aloqada bo'lgan.

1967 yil "Yuventus" ochiq akciyadorlik jamiyatiga aylandi va uning foiz paketlarini Italiyada deyarli barcha qo'lga kiritish niyatida edi. Anelli oilasi uchun bu ajoyib imkoniyat edi va ular bundan foydalanib qolishdi. Akciyalarning asosiy paketini qo'lga kiritishda ularga kim yordam berib yuborganini o'zingiz ham tushunib ulgurgan bo'lsangiz kerak. SHu yo'sinda Anelli va mafiya o'rtasidagi "do'stona" munosabatlar hamon davom etmoqda. "Yuventus" u yoki bu hakamni "sotib olgani" haqidagi yangiliklarni deyarli har mavsum uchratish mumkin. Ha, busiz ham "Keksa sinora" turli janjallarga aralashib yuradi, lekin ularning yana qanchasi imi-jimida hal etib yuborilgan ekan... Italiyaning o'zida ham "Yuve" so'nggi yillarda A seriya taxtini hech kimga bermay kelayotgani nafaqat futbol maydoni, balki undan tashqarida ham qisman hal qilib qo'yilayotgani haqida mish-mishlar etarlidir.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика