So’nggi yangiliklar

21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  5 21:02Миллар лигаси. Дания, Сербия, Словакия ва Озарбайжон жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00Футзал. Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон — Бразилия 2:3 (матнли трансляция)  7 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  1 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0 19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  12 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  4 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  5

Italiya kubogi. Ronalduning penaltidan urgan goli "Yuventus"ni "Milan" maydonidagi mag'lubiyatdan qutqarib qoldi Yangiliklar

Italiya kubogi. Ronalduning penaltidan urgan goli "Yuventus"ni "Milan" maydonidagi mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

"Milan" va "Yuventus" jamoalari ishtirokidagi o'yinning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

Italiya kubogi, 1/2 final

Birinchi uchrashuv

Milan – Yuventus 1:1

Gol: Rebich (62), Ronaldu (90-pen).

Milan – Donnarumma, Kalabriya, Romanoli, Teo, Ker, Kastilexo (Salemakers, 80), Kessie, Bennaser, CHalxanoglu (Paketa, 86), Ibragimovich, Rebich (Laksalt, 73).

Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, De SHilo (Iguain, 70), de Ligt, Pyanich, Matyuidi (Rabo, 73), Remzi (Bentankur, 63), Kuadrado, Ronaldu, Dibala.

Ogohlantirish: Ibragimovich (29), Remzi (30), Teo (42), Kessie (58), Kastilexo (69).

CHetlatish: Teo (72).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Krishtianu Ronalduning penaltidan urgan goli "Yuventus"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

90+4. Uchrashuv yakunlanishiga oz vaqt qolmoqda. "Milan"ga shunday resurslar bilan qudratli jamoaga munosib qarshilik ko'rsatgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Zlatan dirijyorligidagi jamoa albatta ushbu mavsumda ECHLga kira oladi. Biroq "Yuve" esa ortga qarab ketmoqda. Bora-bora jamoalar o'zining yuqori formasiga chiqishsa, turinliklar pastga qarab sho'ng'ishmoqda.

6 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOOOOOOOOLLLLL!!! Ronalduuuuuuu!!! BEZSHANS!

89. PENALTIIIIIIIIIIII!!!!! "Milan" darvozasi tomon penalti tepiladi!!! 50ga 50 vaziyat edi va hakam bu pallada penalti belgilashga qaror qildi.

88. ZARBAAAAAAAAAAA!!!!!! Ronaldu chalqanchasiga zarba bergandi. Bu pallada to'pni Kalabriya qo'li bilan qaytardi. Ammo u to'pni ko'rmayotgandi. VARda hakam ko'rmoqda.

84. ZARBAAAAAAA!!! Dibalaaaaaaa???!!! Bunday joydan oldingi Dibala dahshat zarbalar yo'llardi. Unga hech kim to'sqinlik qilmayotgandi ham...

82. Kessie to'pni ortga olib ketganidan keyin Zlatan shunaqa baqirdiki.... Toshkentdan turib ham buni eshitdik.

80. Burchakdan oshirilgan to'pga bu safar De Ligt boshi bilan anchagina noaniq zarba yo'lladi.

77. Romanolining jarimadan oshirib bergan pasiga boshi bilan Zlatan unchalik xavfli bo'lmagan zarba berdi.

72. Teo qizil oldi. U bu pallada Dibalani yiqitgandi.

69. Hakam xato qildi. Bu erda Kastilexo to'pni toza olib qo'ygandi. Futbolchi esa emagan somsasiga pul ham to'lab, sariq kartochka ham oldi.

65. To'p qanotdan uzatilgandi. Bu pallada Teo o'z jarima maydonchasi ichida Kuadradoning yuziga urib yubordi. Bosh hakam bu holat penalti uchun etarli emas deb hisobladi.

62. GOOOOOOOOLLLLL!! Qanotdan uzatilgan to'pga Rebich oyog'i bilan zarba berib, hisobni ochdi, 1:0!!!!

61. ZARBAAAAA!!! Kastilexoning zarbasini Buffon qiyinchilik bilan qaytardi.

60. XAVFLI VAZIYATTTTT!!!!! De SHiloning "prostrel"ini hech kim golga aylantira olmadi. Uning ortidan esa Kuadrado zarba berdi. To'pni Donnarumma ushlab oldi va oldinga tezlik bilan uzatib yubordi. Tezkor qarshi hujumni esa Zlatanning zarbasi yakunlab berdi.

58. Yaxshi vaziyat bo'lgandi. Qanotdan uzatilgan to'pni avvaliga Zlatan, keyin esa Hoqon to'xtata olmay qoldi.

53. UXXXXX!!! Bu safar Kuadradoning zarbasi biroz noaniq ketdi. 2-taym startidayoq tomonlar jangovor futbol namoyish qilishmoqda.

52. Kastilexoning zarbasini Buffon ushlab oldi.

50. Hozircha kichik ustunlik maydon egalari tomonida.

47. UXXXXXX!!!! Kakoy starttttt!!!!! CHalxanogluning zarbasini Buffon qaytardi!!! Hoqonda 100 foizlik vaziyat bor edi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Nihoyat, shukurki taym yakunlandi. Zerikarli bo'limni tugatdik.

45+1. Ronalduning zarbasi Kerga tegib qaytdi.

45. Bu orada Stefano Pioli tomon ham sariq kartochka ko'rsatildi.

43. Bosh hakam o'yin tizginini qo'ldan chiqarmoqda. Bennaser yaqqol qo'pollik bilan yiqitilgandi. Bunga hushtak chalinmadi. Ikkinchi pallada esa Dibala yiqitildi. Bunisi esa fol deb hisoblandi. Oqibatda hakamga etiroz bildirgan Teo ogohlantirildi.

42. Zlatan emas, Hoqon jarimadan zarba bergandi. To'p qimirlayotgan devordan o'tmadi.

41. Kuadrado bu safar Zlatanni yiqitdi. "Milan"da zo'r imkoniyat! Jarima zarbasi Zlatan uchun qulay nuqta. Taxminan 20 metrlar darvozaning to'g'risida to'p qo'yilgan.

Zlatan va Zlatan-2) To'g'ri-da, bunday soch turmakni Ronaldu Zlatandan o'g'rilagan

38. UXXXXX!!!! Ronalduning finti uyqini ochib yubordi! Ushbu daqiqa boshlanayotganda Ronalduning amalga oshirgan fintini keyinchalik yana bir necha bora ko'rib chiqsa bo'ladi.

36. ZARBAAAAAAAAAAA!!!!! Kuadradoning zarbasini Jiji Donnarumma qaytardi. Endi esa "Yuve"da standart vaziyat!

33. Bir maqol hayolga keldi. Sal o'zgartiramiz: O'yinlar bor o'yinlarning naqshidir... Hozircha o'yin afishasi o'zini oqlamayapti.

31. Teo Ernandesni Kuadrado "Yuve" jarima maydonchasida ushlab olgandek ko'ringandi. Biroq takroriy lavhada bunday bo'lmaganini bildik.

29. Zlatanning pasidan keyin Rebich darvoza tomon zarba berdi. Buffon ikki urinishda to'pni ushlab oldi.

28. Pyanichning jarimadan uzatib bergan to'pini Donnarumma ushlab oldi.

26. Superligamizga o'xshaydi o'yin( Juda zerikarli. Ikkinchi bo'limdan nimadir kutishni boshlash kerak endi.

23. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!! Kalabriyaning juda havfli, aniq va kuchli zarbasini Buffon qaytardi!!! Ikki tomondan ham ajoyib ijro!

22. O'yin juda zerikarli o'tmoqda.

19. ZARBAAAAA!!! Krishtianuning zarbasi Remziga tegdi va natijada offsayd qayd etildi.

15. "Milan" uzoq vaqt davomida hujumni keskinlashtirib bordi. Biroq Zlatanning to'p uzatishini Kastilexo qabul qila olmadi va natijada hujum to'xtadi.

10. Teo katta tezlik bilan De Ligtni bir bora aldab o'tgandi. Biroq niderlandiyalik futbolchi ikkinchi bora aldanmadi va to'pga tashlanib, xavfni bartaraf etdi.

9. Remzi raqiblari jarima maydonchasi ichida yiqitilgandek ko'ringandi. Biroq bu pallada bosh hakam penaltiga ishora qilmadi.

7. Kastilexo Ronalduni yiqitdi. Jarima zarbasi.

6. CHalxanogluning zarbasini himoyachilar qaytarib yubordi.

4. ZARBAAAAAAAA!!! Rebichning zarbasini Buffon qaytardi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!!!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay bo'lib turibdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Bugun biz ikki jamoa va ikki katta persona ishtirokidagi ajoyib to'qnashuvning guvohi bo'lishimiz aniq: "Milan" va Zlatan Italiya Kubogida "Yuve" va Krishtianuga qarshi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика