Italiya klubi Karius ustidan kuldi
30 may 2018 11:07
Yangiliklar


Italiya klubi Karius ustidan kuldi
Italiyaning uchinchi darajali ligasida ishtirok etuvchi "Rimini" klubi "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusga qiziqish bildirmoqda.
"Rimini" prezidenti Jorjio Grassining takidlashicha, nemis posboni bu klubda o'ziga bo'lgan ishonchni tiklaydi.
"Karius "Rimini" bilan bir yillik shartnoma tuzsa, u o'zini xotirjam his qilishi, kuchiga bo'lgan ishonchni tiklashi va orzulariga intilishi mumkin. Biroq hammasi oson bo'lmaydi. Karius avval klubimizning asosiy darvozaboni Franchesko Skotti bilan raqobatda g'olib chiqishi kerak" - deydi Grassi.
Loris Karuis "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi finalida 2ta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar