Italiya klubi 3 futbolchisining koronavirusga chalinganini e'lon qildi

Alisher
29 fev 2020, 11:28
Italiyaning "Pyaneze" klubi rasmiy saytida jamoaning uch o'yinchisi koronavirusga chalingani haqida xabar berdi.

"Pyaneze" hozirgi vaqtda S Seriyaning A guruhida 24 ochko to'plagan holda 19-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Italiya koronavirus avj olgan mamlakatlar ro'yxatida to'rtinchi o'rinda turibdi. Mamlakatda bu virusga 889 nafar inson chalingan va ularning 21 nafari vafot etgan.

Bundan tashqari, A Seriya o'yinlari ham muxlislarsiz o'tishi belgilanmoqda, agar vaziyat yanada keskinlashadigan bo'lsa, o'yinlar qoldiriladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uspianese.it