So’nggi yangiliklar

13:05Погба ЖЧ-2026да ўйнамоқчи  0 12:39"Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 12:18Роналду ва Месси бир вақтда Чемпионлар Лигасидан чиқиб кетди  7 11:50Футзал бўйича Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Кубогига жўнаб кетди  0 11:29Саудия Арабистони клуби Винисиус ва Анчелотти учун 800 млн евро ажратиб қўйди  1 10:50Симоне Инзаги: «Нима учун Мхитаряннинг голи инобатга олинмаганини ҳали ҳам тушунмаяпман»  20 10:22«Реал Мадрид» «Ливерпуль» футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  9 09:54Аббосбек Файзуллаев ўзаро ўйинда Ўзбекистон Россияни мағлуб этадими деган саволга жавоб берди  19 09:26Рафинья Мессининг рекордини янгилади  6 08:58Криштиану Роналду «Ал Насср»нинг Элит ОЧЛнинг финалига чиқа олмаганига муносабат билдирди  16 08:30Испания терма жамоаси собиқ мураббийи Қатарни бошқариши мумкин  1 08:04Флик кечаги дуранг ҳақида фикр билдирди  38 07:42КОНКАКАФ чемпионлар лигаси. Месси ва «Интер Майами» юришини ярим финалда тўхтатди  19 07:00"Барселона" ва "Интер" ўртасидаги "оловли" ўйинда "Интер"ни дарвоза тўсини қутқарди, Мхитаряннинг голи эса ҳисобга олинмади  31 02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  329

Italiya, Ispaniya, Germaniya va Franciyadan keyingi o'rindagi Angliya - Siz hech qaerda ko'rmagan statistika Yangiliklar

Italiya, Ispaniya, Germaniya va Franciyadan keyingi o'rindagi Angliya - Siz hech qaerda ko'rmagan statistika

Bugungi finalda Vanyama, Keyta, Mane yoki Salax o'z mamlakatlariga ilk Evropa chempionlar ligasi sovrinini olib kelishi mumkin.

"Tottenxem" - "Liverpul" ishtirokidagi finalda to'rtta mamlakat futbolchilari ilk marotaba Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqish imkoniyatlariga ega. 

Masalan "Liverpul" futbolchisi Nabi Keyta va "Tottenxem" azosi Viktor Vanyama  ECHL finalida o'ynaydigan Gvineya va keniyalik ilk futbolchiga aylanishadi.


Sadio Mane va Muhammad Saloh esa Senegal va Misr uchun dastlabki ECHL sovrinini qo'lga kiritgan futbolchiga aylanishlari mumkin. O'tgan yili bu ishni amalga oshirolmagan bu ikki mamlakat futbolchilari bugun buni bajarishga qayta urinib ko'rishadi. 

Mazkur musobaqa tashkil etilganidan (1956) buyon bugunga qadar finalda 63 associaciyadan jami 1049 nafar futbolchi ishtirok etgan. Ko'plab futbolchilar esa buni bir martadan ko'proq uddalashgan. 

Finalda ishtirok etgan futbolchilar soni bo'yicha ro'yxatda Italiya ustunlik qilmoqda. Qizig'i, bugungi Madridda o'tadigan finalda esa birorta italiyalik futbolchi bo'lmaydi. Bu esa bugun Madriddagi finalda bu ko'rsatkich bo'yicha aynan Ispaniya Italiyaga tenglashib olish imkoniyatini beradi. Buning uchun "Liverpul" himoyachisi, ispaniyalik Moreno maydonga tushishi talab etiladi. "Tottenxem" hujumchisi, ispaniyalik Fernando Lorente esa hisobga o'tmaydi. CHunki Lorente ancha avval "Yuventus" safida finalda o'ynashga ulgurgan va ro'yxatda o'z nomini yozdirib qo'ygan.

Qiziq faktlardan biri shundaki, greciyalik 12 futbolchi finalda o'ynashga ulgurgan va birortasi ushbu musobaqada hali g'alaba qozonmagan. SHuningdek, turkiyalik futbolchilarga ham ushbu sovrinni boshlari uzra baland ko'tarish nasib etmagan.


- Osiyolik futbolchilardan dastlab Garri Kyuell, keyinchalik Pak Ji Sun ECHLda g'olib chiqishgan. Bugun bu ishni takrorlash imkoniyati boshqa bir koreyalik futbolchi, Sonda mavjud. Agarda "Tottenxem" g'olibga aylansa, unda Son Xi Myon ECHLni yutgan osiyolik uchinchi futbolchiga aylanadi.


- Rossiyalik futbolchilar orasidan faqatgina Dmitriy Alenichev ECHLda g'olib chiqqan.


ECHL finalida o'ynagan qaysi mamlakatlarning vakillari ko'proq?

147: Italiya

146: Ispaniya

130: Germaniya

78: Franciya

75: Angliya

62: Gollandiya

62: Portugaliya

51: Braziliya

38: SHotlandiya

30: Argentina

26: Serbiya

24: SHveciya

22: Ruminiya

15: Belgiya

13: Daniya

13: Xorvatiya

12: Greciya*

11: Irlandiya

6: Polsha

5: Gana

5: Kot-d'Ivuar

5: Urugvay

5: Uels

4: Vengriya

4: Norvegiya

4: CHexiya

3: Avstriya

3: Nigeriya

3: SHimoliy Makedoniya

3: Sloveniya*

3: Turkiya*

2: Bolgariya

2: Bosniya va Gercegovina

2: Mali

2: Meksika

2: SHimoliy Irlandiya

2: Ukraina

2: Finlyandiya

2: SHveycariya

2: JAR

2: Kolumbiya

1: Avstraliya (Garri Kyuell, g'olib, "Liverpul", 2005)

1: Jazoir (Rabax Madjer, g'olib, "Portu" 1987)

1: Angola* (Vata, finalchi, "Benfika" 1990) 

1: Belarus* (Aleksandr Gleb, finalchi, "Arsenal", 2006)

1: Gabon* (Mario Lemina, finalchi, "Yuventus", 2017)

1: Gruziya (Kaxa Kaladze, g'olib, "Milan", 2003 va 2007)

1: DR Kongo* (SHabani Nonda, finalchi, "Monako", 2004)

1: Misr* (Moxamed Salax, finalchi, "Liverpul", 2018)

1: Zimbabve (Bryus Grobbelar, g'olib, "Liverpul", 1984)

1: Kamerun (Samyuel Eto'o, g'olib, "Barselona", 2006, 2009, "Inter" 2010)

1: Kosta-Rika (Keylor Navas, g'olib, "Real", 2016, 2017 va 2018)

1: Marokko* (Reduan Xadjri, finalchi, "Benfika", 1988)

1: Paragvay* (Domingo Banegas, finalchi, "Atletiko", 1974)

1: Peru (Viktor Benites, g'olib, "Milan", 1963)

1: Rossiya (Dmitriy Alenichev, g'olib, "Portu", 2004)

1: San-Marino (Massimo Bonini, g'olib, "Yuventus", 1985)

1: Senegal* (Sado Mane, finalchi, "Liverpul", 2018)

1: Trinidad va Tobago (Duayt York, g'olib, "Manchester Yunayted", 1999)

1: CHernogoriya* (Stefan Savich, finalchi, "Atletiko", 2016)

1: CHili* (Arturo Vidal, finalchi, "Yuventus", 2015)

1: Ekvador* (Antonio Valensiya, finalchi, "Manchester Yunayted", 2011)

1: Janubiya Koreya (Pak Ji Sun, g'olib, "Manchester Yunayted", 2008)

* belgilangan mamlakat futbolchilari finalda ishtirok etgan va g'olibga aylanmagan

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика