Italiya futbol federaciyasi A Seriya joriy mavsumini ertaroq yakunlash bo'yicha 3 xil variantni ko'rib chiqmoqda
10 mar 2020 21:55
Yangiliklar


Italiya futbol federaciyasi A Seriya joriy mavsumini ertaroq yakunlash bo'yicha 3 xil variantni ko'rib chiqmoqda
Koronavirus tarqalishi xavfi tufayli yuqori divizion bahslari 3 aprelga qadar qoldirilgan edi.
Italiya futbol federaciyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina A Seriyaning 2019/20 yilgi mavsumini tezroq tugatish bo'yicha quyidagi takliflarni berdi:
- chempion aniqlanmaydi, ammo evrokuboklarda qatnashuvchi jamoalar turnir jadvalining ayni holati bo'yicha tanlab olinadi;
- mavsumni chempionat jadvalining hozirgi holati bo'yicha yakunlash;
- chempionlik uchun kurashuvchi va B Seriyaga tushib ketadigan jamoalar o'rtasida pley-off bahslarini o'tkazish.
Ushbu variantlarning bari 23 mart kuni o'tkaziladigan ijroiya qo'mitaning navbatdagi yig'ilishida ko'rib chiqiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar