Italiya 22ta o'yindan beri yutqazmayapti - 2006 yildan beri eng yaxshi seriya

Alisher
19 noya 2020, 14:14
Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasi guruh bosqich doirasida Bosniya va Gertsegovina (2:0)ni mag'lubiyatga uchratdi.

Roberto Manchini jamoasi 22ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti - 17ta g'alaba, 5ta durang.

Bu Italiya terma jamoasining 2006 yilning iyul oyidan beri eng yaxshi seriyasi hisoblanadi, o'sha paytda Marchello Lippi boshqaruvidagi jamoa ketma-ket 25ta o'yinda mag'lubiyatga uchramagandi.

Italiya terma jamoasi so'nggi bor Manchini qo'l ostida 2018 yilning 10 sentyabr kunida Millatlar Ligasi doirasida Portugaliya (0:1)ga imkoniyatni boy bergan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta