"Istiqlol"ning OCHLdagi raqibi qatorasiga 5-marta mamlakat chempioni bo'ldi
31 iyu 2021 19:49
Yangiliklar
"Istiqlol"ning OCHLdagi raqibi qatorasiga 5-marta mamlakat chempioni bo'ldi
Eron milliy chempionatida navbatdagi mavsum o'z yakuniga etdi.
Tojikistonning "Istiqlol" klubi bu mavsum Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida o'zini ko'rsatib, 1/8 finalga yo'l olganidan xabaringiz bor. "Istiqlol" navbatdagi bosqichda Eron klubi "Persepolis" bilan bellashadi. Bitta o'yindan iborat bahs 14 sentyabr kuni Dushanbeda bo'lib o'tadi.
"Persepolis" Eron chempionatining oxirgi turida "Paykan"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, jami 67 ochko jamg'argan holda ketma-ket beshinchi marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin 65 ochko bilan "Sepaxan"ga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni 56 ochko to'plab Tehronning boshqa bir jamoasi "Istiqlol" egalladi.
Fikrlar