So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

"Istiqlol"ning AGMKni mag'lub etgani tasodif yoki hayratlanarli holat emas. CHunki...". Uchrashuvni stadiondan kuzatgan Usmon Toshevning fikrlari Yangiliklar

"Istiqlol"ning AGMKni mag'lub etgani tasodif yoki hayratlanarli holat emas. CHunki...". Uchrashuvni stadiondan kuzatgan Usmon Toshevning fikrlari

OCHL guruh bosqichining ikkinchi turidan o'rin olgan AGMK - "Istiqlol" uchrashuvini Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev stadiondan bevosita kuzatib bordi.

Dushanbeliklar safida Tojikiston terma jamoasining o'zagini tashkil qiluvchi futbolchilarning soni ko'pligini inobatga olganda mazkur holatini tabiiy qabul qilishimiz mumkin. Xo'sh, Usmon Toshevning o'yin borasidagi fikrlari qanday? Bu borada mutaxassisga yuzlandik. 

Zero oramizda "Istiqlol"ning g'alabasini tasodifga bog'layotganlar ham bor. Bu haqida murabbiy shunday dedi.

"Mening fikrimcha, bu tasodif emas. "Istiqlol" jamoasini yaxshi bilaman. Boisi terma jamoaning 9-10 nafar azosi shu klub futbolchilari hisoblanadi. Ijrochilarining imkoniyatlaridan xabarim bor. Yaxshi bilasiz, bugungi kunga kelib barcha mamlakatlarda futbol o'smoqda. SHu qatori Tojikistonda ham. Faqat taktik va texnik jihatdan ko'proq ishlansa ijobiy natijaga erishish mumkin. Tojikistonda iqtidorli futbolchilar ko'p. Past baho berish noto'g'ri bo'ladi, deb o'ylayman. Yuqorida takidlaganimdek futbolni qanday o'ynash kerakligini barcha bilib olgan. Oson mag'lub bo'ladigan jamoa qolmagan. Etibor bering barcha bir-biri bilan oxirigacha kurashyapti. Bizda futbol yaxshi, ularda yomon degan bilan ish bitmaydi. Ishlash va mehnat qilish kerak, xolos. Ko'proq izlanish, tahlil qilish va kitob o'qish lozim. Futbolda bir jamoa g'alaba qozonadi, ikkinchisi mag'lub bo'ladi. Kecha ikki jamoa ham ehtiyotkorlikka urg'u qaratdi. Natija uchun to'p tepdi. 15 kunda 6ta o'yin o'tkazish oson bo'lmaydi. Hamma jamoa keyingi bosqichga chiqishga harakat qiladi. Tojikistonda faoliyat olib boryapman, O'zbekistonda tug'ilib o'sganman. SHuning uchun ikki jamoaga ham omad tilab qolaman".

AGMK jamoasining raqibi birinchi bo'lim oxirida hisobni ochganidan so'ng, ikkinchi bo'limda himoyada o'ynagan holda qarshi hujumlarga tayanib harakat qildi. Qaysidir manoda Vitaliy Levchenko to'g'ri taktika tanlay oldi. Usmon Toshev shu haqida ham to'xtalib o'tdi. 

"Bu uning fikri va tanlagan uslubi. Levchenko qanday ko'rsatma berganini bilmayman. CHetdan kuzatgan inson sifatida aytishim mumkinki, "Istiqlol" jamoaviy yaxshi himoyalandi. O'zi yaratgan vaziyatlardan unumli foydalanishga harakat qildi. Qarshi hujumlardan samara chiqarishga intildi. 

O'tgan yili OCHL o'tish o'yinida "Lokomotiv"ni Toshkentda mag'lub etgan dushanbeliklar bu mavsum AGMKdan ustun keldi. Bu nima bilan bog'liq?

"Mazkur holatni hech qanday bog'liqlik va hayratlanarli joyi yo'q. "Istiqlol" "Lokomotiv"ni mag'lub etgan uchrashuvni ham stadiondan kuzatgandim. Unda boshqacha o'ynashgandi. Kechagi bahs bilan solishtirganda o'yin suratida farq bor. Bitta bahs bo'lgani uchun masuliyat yuqori bo'lgan. Aytganimdek Tojikistonda futbol o'smoqda",- deya so'zlarini yakunladi Usmon Toshev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика