“Istiqlol” O'zbekiston kubogi sohibi
11 okt 2016 14:55
Yangiliklar
“Istiqlol” O'zbekiston kubogi sohibi
Buxoroda jismoniy tarbiya jamoalari, Ikkinchi Liga klublari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kubogi sohiblari o'rtasida 2016 yilgi O'zbekiston Kubogi bahslari bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.
Ushbu musobaqada Farg'ona viloyatini sharafini himoya qilgan “Istiqlol” jamoasi musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Bu tashkil topgan jamoa yaqinda Farg'ona viloyati kubogi sohibiga aylangandi.
Buxorodagi turnirda “Istiqlol” barcha raqiblarini dog'da qoldirshga erishdi. Avvaliga guruhda “Nasaf” Qarshi (4:1), “Sochak” (Samarqand) klublaridan ustun kelgan farg'onaliklar yarim finalda OAZSK (Urganch)ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Final esa “Neftchi” (Jarqo'rg'on) jaoasi bilan ro'baro' kelgan “Istiqlol” ushbu raqibni ham 1:0 hisobida engishga muvaffaq bo'ldi va musobaqa g'olibiga aylandi. SHuningdek. birinchi liga o'tish turnirida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
A. Dehqonov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar