So’nggi yangiliklar

22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  62 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  7 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  10 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  15 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2

Istiqlol ko'k, Andijon oq rangli libosda o'ynaydi Yangiliklar

Istiqlol ko'k, Andijon oq rangli libosda o'ynaydi

Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston professional futbol ligasining PRO-Liga 2-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

 Farg'ona shahridagi muhtasham «Istiqlol» stadionida mahalliy «Istiqlol» jamoasi Andijonning «Andijon» jamoasini qabul qiladi. Bo'lajak vodiy derbisi oldidan miting o'tkazildi. Uni O'zPFL vakili, o'yin komissari Komiljon Mirzaboev olib bordi. «Istiqlol» markaziy o'yingohining anjumanlar zalida o'tkan o'yinoldi mitingida «Istiqlol» jamoasi boshlig'i Hakimjon Fayziev, klub mamuri Kazbek Ortiqboev, matbuot kotibi Behruz Xoliqov, stadion direktori Ilhomjon Sobidov, Farg'ona viloyati IIB vakili hamda «Andijon» klubi menedjeri Islombek Rustamov, matbuot xizmati xodimi Baxtiyor Toshtemirov ishtirok etdi.

Mitingda uchrashuv komissari Komiljon Mirzaboev o'yinni yuqori saviyada o'tkazish uchun qilinishi lozim bo'lgan bir qator masalalarni aytib, masul shaxslarga topshiriqlarni berdi.

Tabiiyiki mazkur miting davomida bugun jamoalarning qanday rangli libosda maydonga tushishi ham muhokama etilib, yakunda bir to'xtamga kelindi. Unga ko'ra, mezbonlar ko'k rangli, mehmon jamoa esa oq rangli libosda xarakat qiladigan bo'ldi.

Malumki, Farg'onadagi uchrashuvga Andijondan ham mingga yaqin ishqibozlar kelishi kutilmoqda. «Istiqlol» stadioni rahbarining aytishicha, andijonlik muxlislar bugungi o'yinni bevosita 29-sektordan ko'rib borishi mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика