"Istiqlol" bosh murabbiyi: "O'runov bizga kerak emas"
16 fev 2024 20:13
Yangiliklar
"Istiqlol" bosh murabbiyi: "O'runov bizga kerak emas"
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O'runov "Persepolis" bilan shartnoma tuzganidan xabaringiz bor.
Eron nashrlarida "Istiqlol" klubi vice-prezidenti Ali Xatir va bosh murabbiy Javod Nekunam o'rtasidagi tushunmovchilik paydo bo'ldi.
Gap shundaki "Istiqlol" ham O'runovga qiziqqan, ammo yakunda Oston "Persepolis"ga o'tib ketdi.
Ali Xatir vaziyatni qanday tarifladi?
"Bosh murabbiy Javod Nekunam menga shunday dedi: O'runov bizga kerak emas. Agar u keladigan bo'lsa Masharipov yoki Oston zaxirada qoladi. Nima uchun zaxira uchun pul sarflamoqchisiz?"
Ali Xatir bosh murabbiyning bu gaplarni aytgan audiosini ommaga tarqatishga ham tayyorligini bildirgan.
Malumot uchun, yakunda "Istiqlol" Masharipov bilan, "Persepolis" esa O'runov bilan shartnoma tuzdi.
O’xshash yangiliklar
16:40
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Filippin bilan jangovar durang qayd etdi 5
Fikrlar