Istanbul derbisi bekor qilindi. Murabbiyning boshini yorishdi (FOTO+VIDEO)
20 apr 2018 12:12
Yangiliklar


Istanbul derbisi bekor qilindi. Murabbiyning boshini yorishdi (FOTO+VIDEO)
"Fenerbaxche" muxlislari "Beshiktosh" zaxira o'rindig'i tomon tanga va yondirg'ichdan tortib suv idishgacha uloqtirishdi.
Uchrashuv bosh hakami Mete Kalkavan bahsni uch marta to'xtatdi, biroq to'rtinchi to'xtalishda stadiondagi tartibsizliklarni nazorat qilib bo'lmay qoldi.
"Fenerbaxche" futbolchilari tribunadagilarni tinchlantirishga urinishdi, ammo bu foyda bermadi.
"Beshiktosh" zaxira darvozaboni Tolga Zengin boshiga bir narsa tegdi, keyin jamoa bosh murabbiy SHenol Gyuneshni ham jarohatlashdi.
Posbonning holati yaxshi edi, Gyunesh esa erga yiqildi. Boshidan qon oqardi.
"Beshiktosh" maydonni tark etdi va o'yin to'xtatildi.
Maydon atrofida policiyachilar navbatchilik qilishdi.
Tribunaosti yo'lagida boshqa janjal boshlandi. Kimdir "Beshiktosh" yordamchi murabbiyiga hujum qildi. Bu muxlisimidi yoki "Fenerbaxche" xodimi, nomalum.
"Beshiktosh" bosh murabbiyi SHenol Gyunesh boshiga 5ta chok tushdi va uni kasalxonaga olib ketishdi.
O'yin davom etadimi, yo'qmi, hech narsa malum emas.
"Beshiktosh" - "Fenerbaxche" yarim final ilk o'yinida 2:2 hisobi qayd etilgan.
TAS-IX

Fikrlar