So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   3 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga vohada Texnik direktor lavozimida ish boshladi Yangiliklar

Ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga vohada Texnik direktor lavozimida ish boshladi

Teglar :  Kiko ZunigaO'FA
Xabaringiz bor, O'zbekicton futbol associaciyasi yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida xorijlik mutaxassislarni yurtimizga jalb qilib, ularning tajribasidan keng foydalanish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, bolalar futboli bo'yicha hududlarda faoliyat olib boradigan bir qator xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasida, ko'p yillar davomida "Real Sosedad" sharafini himoya qilgan, Ispaniya Kubogi sohibi, "Atletiko" va "Real" Madrid akademiyalarida faoliyat yuritgan Kiko Zuniga bilan shartnoma imzolanib, u vohada Texnik direktor sifatida faoliyat yuritadigan bo'ldi.

O'FAda mazkur masalaga bag'ishlangan yig'ilishda PFL rahbari Omon G'ofurov va futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

Kiko Zunigani O'zbekistonga olib kelishidan asosiy maqsad, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Samarqand va Jizzax shaharlaridagi mavjud imkoniyatdan foydalanib, murabbiylar malakasini oshirish, bolalar o'rtasida tizimli musobaqalarni yo'lga qo'yishdir.

Omon G'ofurov O'FA va PFLning istiqbolli rejasi bilan tanishtirib chiqar ekan, Kiko Zunigadan chekka-chekka qishloqlarda ham futbol bo'yicha yuqori saviyadagi talim tizimini tashkil qilish kerakligini takidlab o'tdi.

Bundan avval ham yurtimizda bo'lgan mutaxassis O'zbekistonda istedod egalarining ko'pligini takidlab o'tdi. Faqat ular bilan ishlash lozimligi, buning uchun avval o'ziga biriktirilgan viloyatlar bilan yaxshilab tanishib chiqishi kerakligini aytdi.


"Men avvalo hududlarni o'rganib chiqishim kerak. Bolalarni futbolga talpinayotganliklarini ko'rib turibman. O'zbekistonga shunchaki ishlagani kelmadim. Agar terma jamoangiz Qatarda bo'lib o'tadigan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritsa, men ham shu loyihada ishtirok etgan kishi sifatida ishimdan qanoat xosil qilgan bo'laman. Aks holda o'z ishimni qoniqarsiz baholayman. Vohada ishga kirishdim. Biroz vaqt o'tgach o'z dasturimni amalga oshirishga kirishaman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.


Kiko Zuniga nafaqat bolalar futboli bilan, balki o'smirlar va yoshlar terma jamoalarining bosh murabbiylariga hududdagi selekcioner murabbiy sifatida ham o'z yordamini beradi va O'FA tomonidan o'tkaziladigan o'quv seminarlarida o'z dasturlari bilan chiqish qilib boradi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика