Ispaniyaga qarshi bugungi o'yindan oldin Xarri Keynga JCH-2018ning "Oltin butsa"si topshiriladi
08 sen 2018 20:46
Yangiliklar
Ispaniyaga qarshi bugungi o'yindan oldin Xarri Keynga JCH-2018ning "Oltin butsa"si topshiriladi
Bugun 23:45da Angliya va Ispaniya terma jamoalari "Millatlar kubogi" doirasida o'zaro bellashishadi.
Angliya terma jamoasining tvitterdagi rasmiy sahifasida malum qilinishicha, bugun jamoa hujumchisi Xarri Keynga JCH-2018 to'purari sifatida "Oltin butsa" topshiriladi. Xarri Rossiya yashil maydonlarida 6ta gol urgan edi.
O'z navbatida, Xarri Keyn o'zining tvitter sahifasiga bugungi bahsda kiyib tushadigan butsasi rasmini joyladi. "Nike" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu butsa tilla rangda va Angliya terma jamoasi ramzi bilan bezatilgan.
Fikrlar