Ispaniyada Yamalga mukofot topshirildi
21 noy 18:20
Yangiliklar
Ispaniyada Yamalga mukofot topshirildi
"Barselona"ning istedodli futbolchisi Lamin Yamalga "Marca" tomonidan mavsumning eng yaxshi o'yinchisiga topshiriladigan Alfredo Di Stefano nomidagi nufuzli mukofot berildi.
18 yoshli vinger Kilian Mbappe, Vinicius Junior hamda jamoadoshlari Pedri va Rafinyani ortda qoldirib, sovrinni qo'lga kiritdi.
Yamal uchun bu mukofot uning tez rivojlanishining yana bir tasdig'idir. Futbolchi individual mukofotlar jamoaning kuchli mavsumini aks ettirishini takidladi va bunday yutuqlar uni yanada ko'proq ishlashga ilhomlantirishini takidladi.

Yamal marosimdan so'ng La Liga va Chempionlar Ligasidan tortib "Oltin to'p" va Jahon chempionatigacha bo'lgan barcha sovrinlar uchun kurashish niyatini bildirdi:
"Men hamma narsani yutishni xohlayman. O'ynar ekanman, buning iloji bor", – dedi u.
Lamin Yamal joriy mavsum 11 o'yinda maydonga tushib, 6 ta to'p kiritdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar