Ispaniyada muxlislarning stadionlarga qaytishiga ruxsat berilmoqda
17 mar 2021 07:16
Yangiliklar


Ispaniyada muxlislarning stadionlarga qaytishiga ruxsat berilmoqda
"Barselona" jamoasi birinchi bo'lib o'z uy o'yinlarida muxlislar bilan o'ynashi mumkin.
Gap Segunda B'da o'ynaydigan "Barselona B" haqida ketmoqda, jamoa dam olish kuni "Kornelya"ni qabul qiladi.
O'yin 6000 o'ringa mo'ljallangan Yoxan Kroyf nomidagi stadionda bo'lib o'tadi. Kataloniya tibbiy xodimlari ushbu o'yin uchun 1000ta chipta sotilishiga ruxsat berishdi.
Ispaniyada hududlarning o'zi stadionlarga muxlislarni qaytarish yoki qaytarmasligini hal qilishi mumkin, ammo bu La Ligaga tegishlimasdir (dastlabki ikki diviziondan tashqari).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar