Ispaniya VAR rahbari Levandovskining goli nega hisobga olinmaganini tushuntirib berdi
12 noy 2024 00:17
Yangiliklar
Ispaniya VAR rahbari Levandovskining goli nega hisobga olinmaganini tushuntirib berdi
"Barselona" hujumchisi "Sosedad" darvozasiga gol urganidan so'ng hakam Gilermo Kuadra Fernandes VAR yordamida ofsayd bo'lganini elon qildi. Yarimavtomat texnologiya ofsaydni aniqlashda yordam berdi. Polshalikning butsasi raqib himoyachisinikidan darvozaga yaqinroq edi.
"Texnologiya ishga kirishib, o'yindan tashqari holat bo'lganini aniqladi, yana nima deyish mumkin. Texnologiya futbolga, hakamga yordam beryapti va mana shunday vaziyatlarda bizga ko'maklashmoqda.
Bilimsizlik tufayli ko'p tanqid qilishadi. VAR translyaciyada mavjud bo'lmagan qo'shimcha 10ta kamera bilan ishlaydi. Har bir futbolchining 29ta nuqtasi kuzatib boriladi, ularning orasida oyoq ham bor.
Ofsayd qayd etildi, hakamga bu haqida etkazishdi va u golni bekor qildi. Bunaqasi har bir o'yinda sodir bo'lishi mumkin" - dedi VAR rahbari Karlos Klos Gomes.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar