So’nggi yangiliklar

16:46Филипе Луис Европа клубини бошқармоқчи  2 16:06"Ливерпул" Бразилиянинг ёш иқтидорларидан бирини нишонга олди  0 14:5241 ёшли Тьяго Силва эркин агентга айланди  0 13:58Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ"  5 13:55Пауло Дибала энди "Рома"га керак эмас  2 13:22“Рома” Мадрид клуби ўйинчисини қишда ўзига жалб қилмоқчи  0 13:02TVCOM'да бугунги тақвим: OCTAGON 83 жанглари ва бошқалар  0 12:43Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади?  3 12:11МЮ ва "Ньюкасл" португалиялик ярим ҳимоячи учун кураш олиб боради  3 11:38"Ман Сити" хавбеки Эчеверри бошқа клубларга ҳам қизиқ. "Байер"даги ижара ўйин амалиёти етишмаслиги сабабли бекор қилиниши мумкин  0 11:26"Ғазалкент" футбол клуби қайтди   5 11:14Тер Штеген қишда "Барса"ни тарк этишни режалаштирмаяпти. Нега?  1 10:49А Серия президенти: "Милан" — "Комо" учрашуви Австралияда ўтказилади  2 10:32U-22 Осиё чемпионати-2013. Антирекордчи Ўзбекистон, голни нишонлашда жароҳатланган мураббий ҳамда чилим чекиш туфайли шифокорсиз қолган жамоа тўғрисида ҳикоя қиламиз   4 09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0

Ispaniya va Qozog'iston bor guruhda Liviya peshqadam, Braziliya va Portugaliya 10 tadan gol urdi. JCH-2024 1-turdan keyingi holat Yangiliklar

Ispaniya va Qozog'iston bor guruhda Liviya peshqadam, Braziliya va Portugaliya 10 tadan gol urdi. JCH-2024 1-turdan keyingi holat

Bugun yurtimiz mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha o'ninchi Jahon chempionatida 2-tur bellashuvlariga start beriladi.

Bugungi o'yinlar jadvali.


Bugungi o'yinlar oldidan mundialning dastlabki turidan keyin guruhlardagi holatni etiboringizga havola etamiz. Avvalo 1-turda qayd etilgan natijalarni keltirib o'tamiz.


Raqamlar:

- 1-turning 12 o'yinida darvozalarga jami 84 ta to'p kiritilgan. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 7 tadan gol degani;

- 5 karra Jahon chempioni Braziliya ilk turda eng yirik g'alabaga erishdi - 10:0. Amaldagi chempion Portugaliya esa 10 ta to'p kiritib penaltidan bitta o'tkazib yubordi - 10:1;

- O'zbekiston Niderlandiya bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi. Birinchi turda bizdan tashqari faqat Ispaniya - Qozog'iston bahsida durang natija qayd etildi - 1:1;

- Argentina terma jamoasining tajribali o'yinchisi Kristian Borruto futzal Jahon chempionatlarida ishtirok etish bo'yicha braziliyalik afsona Falkaoning rekordini takrorladi. Yurtimizda o'tayotgan mundial Borruto uchun beshinchisi bo'ldi. U 1-turda Ukraina darvozasiga ikkita gol urdi;

- Amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Portugaliya kecha 1-tur doirasida Panamani 10:1 hisobida mag'lub etganidan xabaringiz bor. SHu tariqa, portugaliyaliklar mundiallar tarixida ilk bor bir o'yinda 10 ta gol urishni uddalashdi.

9-raqamda Kristian Borruto.


"A" guruhida hozircha Paragvay 3 ochko bilan peshqadam, bugun Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O'zbekiston 20:00 da aynan Paragvayga qarshi bahs olib boradi.


"B" kvartetida kutilganidek Braziliya yaqqol favorit va pentakampeonlar buni ilk turdanoq isbotlashga kirishib ketishdi. Osiyo vakili Tailand esa 3 ochko bilan ikkinchi o'rinda va guruhdan chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega.


"S" guruhida 2016 yilgi Jahon chempioni Argentina yirik g'alabadan keyin peshqadam. Osiyoning yana bir jamoasi Afg'oniston esa Angola ustidan qozonilgan g'alabadan keyin to'plar nisbatiga ko'ra 2-o'rinda turibdi.


2 karra Jahon chempioni Ispaniya va kuchli tarkibga ega Qozog'iston bor "D" guruhida ilk turdan keyin Liviya peshqadam. CHunki, yuqoridagi ikki favorit o'zaro durang o'ynadi. Yangi Zelandiya esa bu guruhda hammaga "go'sht" bo'lishi sezilib qoldi.


Amaldagi chempion Portugaliya mundialni ishonchli g'alaba bilan boshladi va "E" guruhida peshqadam. Xuddi o'zi kabi hujumkor va tomoshabop o'yin namoyish etgan Tojikistonni mag'lub etgan Marokash esa to'plar nisbatiga ko'ra ikkinchi bo'lib turibdi. Qo'shnilarimiz esa bor umidlarini 3-turda Panama bilan bo'ladigan o'yindan qidirishsa kerak.


"F" guruhida Osiyoning eng zo'r jamoasi Eron favorit va 1-turdan keyin jadvalda ham bu aks etmoqda. Forslar Venesuelani ayab o'tirishmadi. SHaxsan o'zim mundialda "sirli tulpor" bo'lishi mumkin deb kutganim Franciya esa ilk turdagi irodali g'alabadan keyin ikkinchi o'rinda.


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика