Ispaniya U-21 murabbiyi: "O'zbekiston kuchli jamoa"
12 okt 2023 20:43
Yangiliklar
Ispaniya U-21 murabbiyi: "O'zbekiston kuchli jamoa"
Ispaniya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Santi Denia va futbolchi Alehandro Frances O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Avvalo, taklif uchun tashakkur bildirmoqchiman, ushbu bahs keskin kurashlarga boy bo'ladi, deb o'ylayman. Bosh murabbiyingiz Timur Kapadzeni Osiyo o'yinlaridagi ajoyib ishtirok bilan tabriklayman. O'zbekistonning o'yinlarini kuzatib shunga amin bo'ldikki, jamoa juda kuchli. Bizni qiyin sinov kutib turibdi. Bu biz uchun Qozog'istonga qarshi uchrashuv oldidan juda muhim o'yin bo'ladi. SHu boisdan ushbu bahs tashkil etildi", dedi Santi Denia.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 — Ispaniya U-21 uchrashuvi ertaga soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi.
Fikrlar