Ispaniya tribunalar bosimi oldida ojiz qoldi. Marokashliklarga hattoki Qatar amiri tekin chiptalar tarqatganmi?
07 dek 2022 12:15
Yangiliklar
Ispaniya tribunalar bosimi oldida ojiz qoldi. Marokashliklarga hattoki Qatar amiri tekin chiptalar tarqatganmi?
JCH-2022ning asosiy sensaciyalaridan biri
Uzoqdan qaraganda Marokash va Ispaniya terma jamoalari, tabiiyki ularning muxlislarining ham, liboslari rangini ajratish qiyin. Biroq ilk soniyalardan tushunarli bo'ldiki, tribunalarda shu oqshom marokashliklar taxminan besh barobar ko'proq edi.
CHipta sotib ololmagan marokashlik ishqibozlarga uchrashuvdan avval mamlakat Futbol Federaciyasi prezidenti va hattoki Qatar amiri ham (mingga yaqin) chiptani tekinga tarqatishdi – buning uchun muxlis pasportini ko'rsatishi kifoya edi.
Natijada, marokashliklar o'z sevimlilarini shunchalik ishtiyoq bilan oldinga chorlab, raqibni ayovsiz hushtaklar yomg'irida qoldirishardiki, Ispaniya mehmon jamoa sifatida Kasablankada to'p tepmayaptimi o'zi, deb qolardingiz.
O'yin Qatardaligini faqatgina "Education City" stadionining ajoyib (bazan hatto keragidan ortiq sovutib yuborayotgan) sovutish tizimi eslatib turardi.
Biroq bu asosan markaziy sektorlardagi holat, darvozalar ortida esa, aynan o'sha erlarda eng faol marokashlik muxlislar joylashgandi, bu JCH-2022 1/8 finali ekanligini unutib ham qo'yishgandi chog'i. Aynan o'sha ishqibozlar olovli muxlislik Marokashning raqib oldida klassdagi kamchiligini yo'qqa chiqarishga urinishardi va ishonasizmi, ular buni uddalashdi.
Penaltilar seriyasi oldidan ispanlarga etibor berdingizmi? Har holda tribunadan ularni ko'rib, achinib ketishingiz aniq edi – boshlar egilgan, futbolchilarning hayoli joyida emasdi. Ular shundoq ham ikki soat davomida marokashlik futbolchilarning astoydil qarshiligi va tribunalardan, har tomondan yangragan to'xtovsiz hushtaklardan tinkasi qurigandi. Endi esa yana seriyadagi penalti yuki – qatorasiga uchinchi JCHdagi omadsizlik o'yi, 50/50 bo'lib turgan vaziyat.
Nazarimda, bu uchrashuv yana bir jihati bilan boshqalarga o'xshamaydi. Men Turkiya, Greciya va Janubiy Amerika stadionlarida bo'lganman, biroq muxlislar o'yinga bu qadar katta tasir o'tkazganini eslay olmayman – ispanlar har tomondan bo'layotgan bunday bosim ostida o'zi o'rgangan futbolini ko'rsatishga qanchalik qiynalayotgani tribunalardan ham sezilardi.
SHuningdek, penaltilar seriyasi g'olibining qaysi jamoa bo'lishi birinchi zarbagacha bunchalik aniq bo'lib qolgani ham yodimga kelmayapti. Ispaniyaning oxirgi imkoniyati oxirgi soniyalardagi o'sha vaziyat edi.
Undan keyin esa psixologik kurash ketdi, Ispaniyada esa o'ziga nisbatan bunday agressiv muhitda imkoniyat deyarli qolmagandi.
"Biz daxshatli o'yin o'tkazdik, – dedi uchrashuvdan keyin Valid Regragi. Vaholanki, u Marokash termasi boshqaruvini uch oy avval qo'lga olgan, – Futbolchilar barcha ko'rsatmalarni bajarishdi.
Biz charchashimizni bilardik, lekin oxirigacha kurashdik va endi tarixda qolamiz. Men bu g'alabani Marokash xalqiga bag'ishlayman, ammo biz unga bundanda ko'prog'ini bermoqchimiz.
Muxlislarning qo'llab-quvvatlashisiz g'alabaga erishib bo'lmasdi. Biz har soniyada muxlislarimizni eshitib turdik va ajoyib natijaga erishdik. Ko'p yugurdik, ter to'kdik, yaxshi himoyalandik, yana bizning tarkibda dunyoning eng yaxshi kiperlaridan biri bor".
O'yinning asosiy qaxramoni – Yassin Bunu – qo'shimcha qildi: "Penalti — bu doimio sezgirlik va biroz omad.
Jamoa 120 daqiqa davomida juda katta ko'lamdagi ishni bajardi. Koncentraciyani saqlab qola oldik va to'pga egalik qilishni yaxshi ko'radigan jamoaga qarshi qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadik.
Hozir navbatdagi o'yinga ham yaxshi holatda etib borish uchun tiklanish jarayoniga etibor qaratamiz".
Uchrashuvdan keyin futbolchilar xursandchilikdan jamoa murabbiyini ko'klarga otishdi va barcha muxlislarga tashakkur bildirish maqsadida tribunarlarni aylanib chiqishdi. SHu sababli Marokash termasi ishqibozlari Xakimining yakuniy zarbasitdan 20 daqiqa o'tibgina stadiondan chiqishdi.
Bungacha Marokash Jahon chempionati 1/8 finaliga bir martagina – 1986 yilda chiqa olgan. Bu safar esa – chorak final (kamida).
Eslatib o'tamiz, 1/4 finalda Marokash 10 dekabr kuni Portugaliya bilan ro'baro keladi.
Morocco Youssef En-Nesyri - 42' |
World Cup Final Stage . 1/4-tur 10/12/2022, 20:00 0
:
1
Tugadi
|
Portugal |
Stadion: Al Thumama Stadium, 44198 tomoshabin
Bosh hakam: Facundo Tello
Omonjon To'xtamirzaev tarjima qildi
Foto: Gettyimages.ru/Catherine Ivill, Julian Finney, Alexander Hassenstein
Fikrlar