Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi "Valensiya"ni boshqarishi mumkin
29 apr 2021 00:20
Yangiliklar
Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi "Valensiya"ni boshqarishi mumkin
"Valensiya" mavsum oxirida bosh murabbiy Xaver Garsiya bilan xayrlashadi.
Uning o'rnini Ispaniya terma jamoasi va "Monako" klubi sobiq murabbiyi Roberta Moreno egallaydi.
43 yoshli Moreno "Roma", "Selta", "Barselona" va Ispaniya terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan.
U Luis Enrikedan keyin "qizil furiya" ustozi sifatida faoliyat yuritgandi. Ispaniya termasi mutaxassis rahbarligida 9 uchrashuv o'tkazgan bo'lib, 7 marta g'alaba qozongan va 2 marta durang o'ynab, Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
Luis Enrike terma jamoaga qaytgach, Moreno "Monako"ga yo'l olib, u erdan qoniqarsiz natijalar tufayli 2020 yilning 18 iyulida ishdan ketgandi.
Fikrlar