So’nggi yangiliklar

12:22Эрон, Корея ва Япония пешқадам, Ўзбекистон мундиал сари навбатдаги қадамни ташлади. Гуруҳлардаги ҳолат  0 11:45Мутахассис фикри: "КХДР билан 1:0 дегани ғалаба эмасди, ҳужумда ким ўйнаса ҳам ўйинни ўзига олиши керак"   16 11:15Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Тошкентда Беларусга қарши ўйнайди  0 10:50«Барселона» афсонаси «Интер Майами»ни бошқариши мумкин  3 10:47Суперлига. 25-тур ҳакамлари маълум  0 10:17«Ливерпуль» 85 миллион еврога ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 09:44«Реал» Эндрикни АПЛ жамоасига ижарага бериши мумкин  0 09:10Месси яна бир рекордни такрорлади  5 08:37Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  42 07:59ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия ва Уругвай ўзаро дуранг ўйнади, Аргентинада қийин ғалаба ва бошқа натижалар  4 07:46"Интер Майами" устози истеъфога чиқди  3 02:44Миллатлар лигаси. Швециядан 6:0, Туркия Черногорияга мағлуб бўлди, Нидерландия ва Германиядан меҳмонда дуранг ва бошқа натижалар  4 01:52"Реал" қишда Александер-Арнольдни харид қилиш фикридан қайтди  4 01:28ЖЧ-2026 саралаши. Австралия 90+6да мағлубиятдан қутулиб қолди, Қувайт ва Иордания ўзаро дуранг ўйнади  15 00:20"Манчестер Сити" январда Гвардиоланинг клубдаги келажаги бўйича қарор қабул қилишини кутмодқа  0

Ispaniya Superkubogi boshlanmoqda. Musobaqa nega Saudiya Arabistonida o'tkaziladi? Yangiliklar

Ispaniya Superkubogi boshlanmoqda. Musobaqa nega Saudiya Arabistonida o'tkaziladi?

Barcha savollarga javob beramiz.

Ha, azizlar Ispaniya Superkubogi uchun kurash start olmoqda. So'nggi yillarda sovrin uchun o'yin mavsum o'rtasida o'tkazilmoqda – shunday ekan taqvimda adashib qolish hech gap emasdi. Qizig'i, La Liga bahslari ham davom etaveradi – shunchaki Superkubok ishtirokchilarida 17-tur uchun "sababli nb" bo'ladi.  

Bu materialda Superkubok borasidagi asosiy savollarga javob topishga harakat qilamiz.


O'zi nega ispanlar Saudiya Arabistonida o'ynaydi?

2018 yil Ispaniya futbol Federaciyasi Superkubokdan imkon qadar ko'proq pul ishlab olishni ko'zladi, shunda standart ikki o'yin o'rniga pley-off uchrashuvlari varianti o'rtaga tashlandi. 2019 yil fevral oyidayoq yangi format taklif qilindi va barcha o'yinlar yanvar oyiga "tiqishtirildi" – yani mavsum ayni qizigan davrga.

Ishtirokchilarning bu masaladagi etirozlari hech nimani o'zgartirmadi.

Avvaliga "Barselona" va "Real"ni "setka"ning turli tomonlariga qo'yishmoqchi edi, bunday holatda grandlar faqatgina finalda ro'baro kelishi mumkin bo'lardi. Biroq keyinroq federaciya bunday fikr sport principlari jihatidan adolatli bo'lmasligini takidladi. Ispaniya Kubogi finalchilari va o'sha finalda o'ynamagan La Liganing yana ikki jamoasi ishtirok etadi.

Format aniqlab olingach, federaciya rahbari Luis Rubiales o'yinlarni shunchaki Ispaniyada o'tkazishni istamadi va top darajadagi futbol uchun yaxshigina pul to'lay oladiganlarni izlay boshladi. Dastlab ispanlarning stolida Qatar va AQSHdan takliflar bo'lgan. SHu pallada, unda hali "Barselona" futbolchisi bo'lgan, ammo rahbarlar ishlariga aralishib yurishni xush ko'radigan Jerar Pike masalaga qo'shiladi – u o'zining investiciya kompaniya "Kosmos" orqali Saudiya Arabistoni hukumat vakillari bilan aloqa o'rnatib berdi. Amerikaliklar variantini La Liga rahbari Xaver Tebas qo'llab-quvvatlagandi, lekin u variantdan osiyoliklar foydasiga voz kechishga qaror qilindi.

Saudiya Arabistoni bu masalaga qiziqib qoldi va amaldorlarga kosmik darajadagi pullarni taklif qildi – uch yilda 120 mln evro. 2021 yil yozda "Marca"da bir material chop etiladi — Superkubok 2029 yilgacha Er-Riyadda o'tkaziladi. Ispanlar esa buning evaziga 240 dan 320 million evrogacha pul ishlab oladi.


O'zi kimlar Superkubok uchun kurashadi?

Bu safar Ispaniya Superkubogida "Atletiko"ni ko'rmaymiz – o'tgan mavsum Simeone "bandasi" chempionatda uchinchi bo'ldi, Kubokda esa uchinchi divizion vakili "Kornelya"ga mag'lub bo'ldi. 

"Real" — Ispaniya chempioni sifatida. O'tgan mavsum aynan Anchelotti jamoasi sovrinni o'ziniki qilgandi. Hozir esa "realchilar" sergak tortgani aniq – "Madrid" futbolchilari u qadar yaxshi sport formasida emas, Alaba va Tchuameni sheriklariga yordam bera olmaydi. Oxirgi uch urinishda esa chempion stabil ravishda yarim finalda "o'yindan chiqib ketyapti". Benzema va jamoadoshlari bu safar ananani buza olarmikin?

"Barselona" Superkubokda La Ligadagi ikkinchi o'rin sababli ishtirok etadi. Xavi shogirdlari La Ligada madridliklardan uch ochkoga oldinga o'tib oldi, lekin Saudiya Arabistonidagi g'alaba yoqimli bonus va o'z navbatida raqibga ruhiy zarba bo'lishi mumkin. SHu o'rinda muhim bir fakt, Robert Levandovskining diskvalifikaciyasi Superkubok o'yinlariga tasir qilmaydi.

"Betis" – Ispaniya Kubogining amaldagi g'olibi. Hozir Pellegrini jamoasi yana CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishni orzu qilmoqda va La Ligada to'rtinchi pog'onani band etib turibdi. SHunday ekan, "Betis" ham nomdorroq hisoblangan "Barselona" yoki "Real" uchun chinakam bosh og'riq bo'lishi hech gap emas. Jamoa safida ayniqsa 29 yoshli forvard Borxa Iglesias o'zini ko'rsatmoqda – uning hisobida bu mavsum "uje" 8 ta gol bor.

 "Valensiyao'tgan mavsum Kubok finalida ishtirok etgan. Gattuzo boshliq jamoa omadsiz davrni boshidan o'tkazmoqda – oxirgi 5 o'yinda bor yo'g'i 1 ta g'alaba. Jarohatlar ham "ko'rshapalaklar"ni erkin uchishiga yo'l qo'ymayapti – musobaqadan oldin Niko Gonsales va Samu Kastilexo safdan chiqdi. Hozircha yangi xaridlar haqida arzirli gap yo'q.


Qachon o'ynashadi?

Ishtirokchilar kimligi va qanday saralanganini tushunib oldik. Juftliklar qanday bo'ladi?

• Birinchi yarim final: "Real" "Valensiya"ga qarshi – 11 yanvar 23:59 Toshkent vaqti.

• Ikkinchi yarim final: "Barselona" "Betis"ga qarshi – 12 yanvar 23:59 Toshkent vaqti.

Yarim final bahslari bitta uchrashuvdan iborat. Final 15 yanvar kuni bo'lib o'tadi.


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика